Breaking News

Tojikistonda savdo yarmarkasi

Tojikistonda hukumat oziq-ovqat mahsulotlari narxini pasaytirish uchun turli tadbirlar ko‘rishga harakat qiladi. Yarmarkalar – ular orasida oson va tez-tez tashkil qilinib turiladigani.

Turli bayramlar munosabati bilan mamlakatning yirik shaharlarida qishloq xo‘jaligi mahsulotlari bozor narxidan 20-30 foizgacha arzon sotiladi. Yarmarkalarda har bir mahsulotni ishlab chiqaruvchining o‘zi sotadi. Orada olib-sotar bo‘lmaydi.

Yarmarka paytida sotuvchilik ijozatnomasi va soliq topshirishi haqidagi hujjatlarsiz savdo qilishga ijozat beriladi.

Joriy yil ham un, yog‘, go‘sht mahsulotlari hamda olma, uzum, nok kabi mevalar narxi oshib ketganligi sababli Xo‘jand shahar ma’muriyati kunlar soviy boshlashi oldidan savdo yarmarkasi tashkil etdi.

Facebook Forum

XS
SM
MD
LG