Breaking News

Amerika qonunchilari byudjet, soliqlar borasida kelishdi


Ushbu rejaga muvofiq, mudofaa xarajatlari va ichki dasturlarni kesish masalasi ikki oyga kechiktirildi
Ushbu rejaga muvofiq, mudofaa xarajatlari va ichki dasturlarni kesish masalasi ikki oyga kechiktirildi
Amerika qonunchilari iqtisodiyotni “moliyaviy jarlik”dan qutqarish borasida nihoyat bir to’xtamga kelgan.

Bu esa deyarli har bir fuqaro to’laydigan soliqlar oshmaydi va xarajatlar qisqarmaydi, degani.

Raqib demokrat va respublikachilar yangi yil arafasida ikki kun majlis qilib, ishlab chiqqan rejaga ko’ra, yiliga 400 ming dollardan oshiq daromad qiladigan fuqarolar va yiliga 450 ming dollardan ziyod pul qiladigan oilalar endi ko’proq soliq to’laydi.

Senatda ozchilik respublikachilar sardori Mitch Makkonnell soliqlarni oshirishga umuman qarshi edik, deydi.

Biroq mazkur reja bo’lmasa, barcha fuqarolar uchun soliqlar ko’tarilishi muqarrar edi, deydi qonunchi.

Ushbu rejaga muvofiq, mudofaa xarajatlari va ichki dasturlarni kesish masalasi ikki oyga kechiktirildi.

Iqtisodchilar taraflar murosaga kelganidan mamnun, aks holda Amerika yana bir moliyaviy tanglikka botishi aniq edi, deydi ular.

AQSh moliyaviy jarlik/US Fiscal Cliff Analysis
Iltimos, kuting...

No media source currently available

0:00 0:03:04 0:00
  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

XS
SM
MD
LG