Breaking News

Qirg'iziston janubi suv toshqinlaridan katta zarar ko'rdi


Cyndi Lauper enters the stage to accept the award for Best Original Score (Music and/or Lyrics) Written for the Theatre for "Kinky Boots" from Jane Krakowski during the Tony Awards in New York, June 9, 2013.
Cyndi Lauper enters the stage to accept the award for Best Original Score (Music and/or Lyrics) Written for the Theatre for "Kinky Boots" from Jane Krakowski during the Tony Awards in New York, June 9, 2013.
Qirg’izistonning janubiy viloyatlarida yuz bergan suv toshqinlari oqibatida yuzlab turar-joy binolari, shuningdek suv shoxobchalari, avtomobil yo’llari, turli ijtimoiy inshootlar ziyon ko’rgan.


Bir necha oydirki, Janubiy Qirg’iziston hududlari bot-bot kuchli yomg’ir, suv toshqinlari kabi tabiiy ofatlarga duchor bo’lmoqda.

Kuni-kecha O’sh, Jalol-Obod va Botken viloyatlarida ro’y bergan shiddatli yomg’ir va sellar oqibatida yuzlab uy-joylarni, suv shoxobchalari va transport tarmoqlarini suv bosgn.

Qirg’iziston Favqulodda vaziyatlar vazirligi matbuot xizmati xodimi Abdisharip Bekilov:

“Aytish joizki, O’sh, Jalol-Obod va Botken viloyatlari eng ko’p zarar tortdi. Baxtga qarshi, kecha Suzoq tumanida bir kishini, avvalroq Qadamdjoy tumanida to’rt kishini suv oqizib ketdi. Shu tumanda bir uyni tosh bosib qolgan, natijada bir kishi nobud bo’ldi, olti inson esa og’ir jarohat oldi”.

Rasmiylarga ko’ra, joriy yil davomida mamlakat turli tabiiy ofatlar oqibatida kamida 0,5 milliad qirg’iz so’miga teng ziyon ko’rgan. Bu taxminan 11 million AQSh dollari. Tabiiy ofatlarning aksari mamlakatning janubiy hududlarida kuzatiladi.

Mutaxassislar hozirgi suv toshqinlarini qishda va bahorda yog’ingarchilik ko’p bo’lgani, yoz ham seryog’in kelgani bilan izohlaydi. Favqulodda vaziyatlar vazirligi aholini anchadan buyon tabiiy ofatlar, xususan, suv toshqinlari va yer ko’chkilari ehtimoli borasida ogohlantirib kelmoqda. Mulozimlar aytishicha, ayrim hollarda odamlar ogohlantirishlarga quloq solmay, sel kelishi, yoki ko’chki tushishi ehtimoli bor joylarda turar-joy solmoqda.

Qirg’iziston Favqulodda vaziyatlar vazirligi matbuot xizmati xodimi Abdisharip Bekilov deydiki, xavfli joylarda turli inshootlar qurish masalasi ko’p yillardan dolzarb.

“Bizning vazirlik ogohlantirayotganiga qaramasdan hatarli joylarda odamlarga uy qurish uchun yer ajratib berish hollari qayd qilinmoqda. Bunday faktlarga biz, masalan, kuni-kecha Botken viloyatida yo’liqtik. Vazirligimizning kuzatuv bo’limi mahalliy davlat tizimlariga har yil qay joyda qanday xatarli nuqtalar borligi haqida ma’lumot beradi. Kerakli axborot va ko’rsatmalar tarqatiladi”, - deydi u.

Yuz bergan tabiiy ofatlar oqibatlarini bartaraf etish bo’yicha respublika shtabi majlisida shu kungi vaziyat muhokama qilingan va tegishli choralar ishlab chiqilgani aytiladi.

Mahalliy aholi hamda tashkilotlar uy-joylarni loydan tozalash, suv va yo’l shoxobchalarini tiklash bilan mashg’ul. Uy-joysiz qolgan xonadonlarga hozircha chodirlar ajratilgani, oziq-ovqat va kiyim-kechak berilgani haqida xabarlar bor.
XS
SM
MD
LG