Breaking News

Xorijda biznes qilib, AQShdan mukofot olayotgan kompaniyalar


AQShda mukofot olayotgan bizneslar
Iltimos, kuting...

No media source currently available

0:00 0:01:56 0:00

Atrof-muhit muhofazasi, inson huquqlari himoyasi hamda xususiy sektor rivoji yo'lida beqiyos hissa qo'shayotgan bizneslar AQSh hukumati tomonidan mukofotlanadi. Bu yillik tanlov. Bu safargi sovrindorlar bilan tanishsak...

Mukofot sohiblaridan biri - tadbirkor Aron Fishman. Indoneziyaning qashshoq bir mintaqasida yong’oqni qayta ishlash bo’yicha yirik korxona ochgan. Asosan xotin-qizlarni ish bilan ta’minlaydi.

“Odam yollayotganimizda juda ko’p ayollar ariza topshirdi. Aynan kam daromadli aholini ish bilan ta’minlash uchun korxonamizni shaharda emas, qishloqda ochganmiz”, - deydi Fishman.

Davlat departamentiga ko’ra, AQSh xalqaro sahnada aynan shunday biznes faollikni quvvatlaydi.

“Global salomatlik, energetika va oziq-ovqat xavfsizligi, qochqinlar uchun maktablar ochish… Bu global maqsadlarga faqatgina xususiy sektorning omilkorligi va faolligi bilan erisha olamiz, - deydi diplomat Antoni Blinken.

Sovringa loyiq topilgan “Cargill” oziq-ovqat kompaniyasi Vyetnamda kakao yetishtiradigan dehqonlarni treningdan o’tkazgan.

“Weyerhaeuser” o’rmonchilik firmasi esa Urugvayda toza energiya loyihalari bilan muvaffaqiyat qozondi.

“Biz Urugvayda nafaqat o’z ehtiyojlarimiz uchun elektr ishlab chiqaramiz, balki ortiqchasini mahalliy korxonalarga sotamiz, ular esa aholiga”, - deydi kompaniya vakili Kristen Savin.

Korporativ a’lochilar mukofoti boshqa kompaniyalarni ham jahonda ijobiy o’zgarish qilishga chorlaydi, deydi tashkilotchilar.

  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

XS
SM
MD
LG