Qirg'izistonda umrbod qamoq jazosini o'tayotgan o'zbek huquq himoyachisi Azimjon Asqarov Amerika nazarida yurtidagi illat va muammolarni qo'rqmay fosh etgan qahramon. Qirg'iziston adliyasi nazarida esa jinoyatchi. Mukofot Vashingtonda mahbusning o'g'liga topshirildi.