Breaking News

CPJ: BMT Azimjon Asqarov ozod etilishi uchun harakat qilishi kerak


Azimjon Asqarov 2010-yildan beri panjara ortida
Azimjon Asqarov 2010-yildan beri panjara ortida

Qirg'iziston janubida, o'zbek aholi katta sonni tashkil etuvchi hududda, inson huquqlari himoyachisi sifatida tanilgan Azimjon Asqarov 2010-yildan beri qamoqda. U 2010-yildagi etnik nizolar ketidan umrbod qamoq jazosiga hukm qilingan. Sud uni ichki ishlar xodimiga nisbatan jinoyatlarda aybdor deb topgan. Hukm yuzasidan shikoyatlar ko'rib chiqilgan, lekin jazo o'sha-o'sha.

Nyu-Yorkda asoslangan Jurnalistlarni himoya qilish qo'mitasi (CPJ) BMT Bosh kotibi Antonio Guterrishdan bu borada harakat qilishni, masalani ko'tarishni so'ramoqda. CPJ tahlilicha, Asqarov nohaq qamalgan, sud zarur isbot-dalillarsiz unga oliy jazoni buyurgan. Tashkilotning mintaqa bo'yicha vakili Gulnoza Said yaqinda Qirg'izistonga safar qilib, mahbus bilan uchrashgan va vaziyat bilan tanishgan. Mutaxassis mahbusning ahvolini og'ir va xavotirli deb tasvirlaydi.

Bu yili sakkiz xalqaro huquq tashkiloti Asqarovni ozod etishga chaqirib, Qirg'iziston rahbariyatiga maktub yoʻllagan.

2016-yili BMTning Inson huquqlari boʻyicha qoʻmitasi Azimjon Asqarovni Qirgʻiziston adliya va siyosiy tizimidagi adolatsizlik qurboni deb hisoblab, Bishkekka uning ishini qayta koʻrib chiqish va ozod qilish maslahatini bergan. Oʻsha vaqtda ham ish qayta koʻrilgan, ammo Chuy viloyat sudi Azimjon Asqarovga tayinlangan hukmni o'zgarishsiz qoldirgan.

30-iyulda oʻtgan sud jarayonida Britaniya, Germaniya, Shveysariya elchixonalari hamda "Human Rights Watch" xalqaro tashkiloti va BMTning inson huquqlari boʻyicha qoʻmitasi vakillari ishtirok etgan.

Asqarov Jalolobod viloyatida “Vozdux” huquqni himoya qilish tashkilotini boshqarib kelgan. U militsiya tarafidan amalga oshirilgan qiynoqlar boʻyicha surishtiruvlar o'tkazgan. Fuqaro huquqlarini himoya qilib, xalqaro matbuotga maqolalar yozgan.

Uni 2010-yilning 15-iyunida Qirgʻiziston janubidagi millatlararo qonli toʻqnashuvlar vaqtida qoʻlga olishgan. Asqarovga “Оmmaviy tartibsizliklarni uyushtirish”, “Millatlararo nizo qoʻzg'ash” va “Odam oʻldirishda ishtirok etish” moddalari boʻyicha ayb qoʻyilgan. Sud 2010-yilning oxirida Asqarovni umrbod ozodlikdan mahrum etish haqida hukm chiqargan. Sudlanuvchi ayblarni tan olmagan.

Asqarov 2015-yilda AQSh Davlat departamenti tomonidan inson huquqlari himoyachilariga beriladigan oliy mukofot bilan taqdirlangan. Qirgʻiziston hukumati norozilik bildirgan.

Azimjon Asqarovning rafiqasi bilan suhbat
Iltimos, kuting...

No media source currently available

0:00 0:02:34 0:00

  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

Facebook Forum

XS
SM
MD
LG