Breaking News

Azimjon Asqarov qamoqda qoladi


Azimjon Asqarov 2010-yilda umrbod qamoq jazosiga hukm qilingan. Xalqaro hamjamiyat nazarida bu adolatsizlik.
Azimjon Asqarov 2010-yilda umrbod qamoq jazosiga hukm qilingan. Xalqaro hamjamiyat nazarida bu adolatsizlik.

Qirg'iziston sudi o'zbek huquq faoli, 2010-yil janubdagi qirg'in ketidan umrbod qamalgan Azimjon Asqarov ishini qayta ko'rib chiqqan. 4-oktabr kungi tinglov ketidan uning hukmi kuchda qoldirilgan.

Jurnalistlarni himoya qilish qo'mitasi Asqarovni zudlik bilan ozod qilishga chaqirib keladi. BMT Inson huquqlari qo'mitasi yil boshida huquq faoliga qo'yilgan ayblovni olib tashlab, uni qo'yib yuborishga da'vat etgan edi.

Asqarov 2010-yilning yozida Jalol-Obodda, jumladan, militsiyaga qarshi jinoyatda ayblanib ushlangan, shundan beri turmada qolmoqda. U, xususan, militsiya xodimi Miktibek Sulaymonovning o'limida, elatlararo nafratni avj oldirganlikda ayblanayapti.

Chuy viloyati sudi Asqarov advokatlarining uni qo'yib yuborish haqidagi iltimosini rad etgan. Huquq faoli qamoqda qoladi.

Asqarov "Vozdukh" ("Havo") nomli huquq tashkilotiga asos solib, uzoq yillar Qirg'izistondagi qonunbuzarliklarni xatlab qolgan.

Jurnalistlarni himoya qilish qo'mitasi va qator huquq tashkilotlari Asqarovning ishi davomida u qiynoqqa solingani, ayblovlar uchun dalillar yetishmasligi, mahbus nihoyatda g'ayriinsoniy bir sharoitda saqlanayotgani kabi qonunbuzarliklarni qayd etgan.

U Bishkek yaqinidagi koloniyada jazoni o'tamoqda. Uning oilasining aytishicha, Asqarovning sog'ligi juda og'irlashgan.

Huquq faoli barcha ayblovlarni rad etib keladi.

Azimjon Asqarov inson huquqlari himoyasi bo'yicha yuksak mukofot sohibi
Iltimos, kuting...

No media source currently available

0:00 0:05:27 0:00

  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

XS
SM
MD
LG