Breaking News

Afg'onistonda xizmat qilgan askar - Sharaf medali sohibi


Urush qahramoni urush bo'lmasin deydi
Iltimos, kuting...

No media source currently available

0:00 0:03:10 0:00

Urush qahramoni urush bo'lmasin deydi

Sharaf medali – Qo’shma Shtatlarda beriladigan eng oliy harbiy mukofot. Bu yilgi medal Afg’onistonda xizmat qilgan, Fransiyada tug’ilib, Amerikada katta bo’lgan Florent Groberg ismli zobitga nasib etdi. Mukofotni u urush maydonida jon bergan safdoshlariga bag’ishladi.

Kapitan Florent Groberg uch yil oldin Afg’onistonning Kunar viloyatida bir jangari amerikalik askarlar oldida o’zini portlatmoqchi bo’layotgan bir paytda tezkor chora ko’rib, odamlar hayotini asrab qolgan. Hujumchilar mototsiklda bo’lgan.

"Safdoshlari mashq qilayotgan bo’lgan, ayrimlar darsda bo’lgan, ba’zilar esa tashqarida. Lekin kapitan hammani bir paytda ogoh qila olgan. Jasoratini namoyish etgan”, - deydi president Barak Obama.

Groberg bomba taqqan kishini yerga qulatgan. Bomba portlagan lekin odamlardan uzoqda. To’rt kishi o’lgan, Grobergning o’zi qattiq jarohatlangan, biroq u o’nlab insonning hayotini saqlab qolgan. Portlash bunda ko’proq zarar keltirishi mumkin edi, deydi harbiylar.

"Bu medalning asl egasi – qahramonlarim. Serjant Kevin Griffin, mayor Deyvid Grey, mayor Tom Kennedi va AQSh Xalqaro taraqqiyot agentligi xodimi Rag’ay Abdulfattoh. Ular Afg’onistondan tobutda qaytgan. Bu mukofot ularning oilasiga ham tegishli. Jigarini yo’qotgan insonlar – mening qahramonlarim. Yaqinlaridan ayrilib yashayotgan odamlar”, - deydi Groberg.

Safdoshni yo’qotish – juda o’gir sinov, deydi kapitan Groberg. Hech bir askar buni istamaydi. Chin harbiy yonidagilarni himoya qiladi.

"Shaxsan, shuni tushunib yetdimki, hayot juda nozik narsa. Ertaga nima bo’ladi, bilmaysiz. Nega men tirikman, u esa o’ldi? Bu savolga javob topish mumkin emas. Hayot bu tinimsiz sinov ekan. Har bir kun g’animat. Hozir men faqat o’zim emas, halok bo’lgan do’stlarim uchun ham yashayapman. Noyob imkoniyat. Yaxshiroq inson bo’lishga harakat qilayapman”, - deydi zobit.

Kapitan Groberg 2001-yilda AQSh fuqaroligini olgan. O’sha yili Merilend shtatida maktabni bitirgan. U Sharaf medali bilan yashayotgan 10 harbiydan biri.

  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

XS
SM
MD
LG