Breaking News

Fransiya prokurori Aerobus halokatida ikkinchi pilotni ayblamoqda


Fransiya prokuroriga ko'ra, Germaniyaga qarashli yo'lovchi samolyot ikkinchi pilot harakati natijasida halokatga uchragan.

Marsellik prokuror Bris Robinning aytishicha, 28 yashar uchuvchi Andreas Lubits pilot kabinasini qulflab, asosiy pilotni ichkariga kiritmay, samolyotni pastlata boshlagan. Natijada Aerobus Alp tog'larida qulab, undagi barcha 150 odam nobud bo'lgan.

"Bu ish ataylab qilingan", - dedi Robin matbuot anjumanida.

Halokat terror xuruji natijasi emas, ammo buni ikkinchi pilotning tarixini o'rgangach aytish mumkin, dedi u.

Samolyot qulaganidan so'ng topilgan qora qutida yozilgan ovozlarga ko'ra, asosiy pilot kabinaga kirishga harakat qilib, eshigini rosa taqillatgan, Lyubits esa uni kiritishni istamagan.

Yo'lovchilar samolyot halokatga uchrayotganini oxirgi soniyalarda payqagan, deydi prokuror Robin.

  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

XS
SM
MD
LG