Breaking News

Ozodlik uyi: Dunyo bo'ylab internet erkinligi cheklanmoqda


Internet erkinligini cheklayotgan davlatlar - Internet Freedom
Iltimos, kuting...

No media source currently available

0:00 0:02:50 0:00

Palestinian boy Mohamad al-Sheikh, 12, who is nicknamed 'Spiderman' and hopes to break the Guinness world records with his bizarre feats of contortion, demonstrates acrobatics skills on a beach in Gaza City on June 2, 2016.

Inson huquqlari va erkinlikni targ'ib qiluvchi "Freedom House" (Ozodlik uyi) tashkilotiga ko'ra, so'nggi to'rt yildan beri dunyo bo'ylab erkinlik darajasi tushmoqda, tobora ko'p mamlakatlar internetda senzura o'rnatib, uning nazoratini kuchaytirmoqda.

Guruhning erkinlikka doir yillik hisobotidan ma'lum bo'lishicha, ayrimlar internet faolligi tufayli qamalgan, onlayn axborot vositalariga hukumatlarning bosimi oshmoqda.

Ozodlik uyi hisobotida 65 davlatdagi vaziyat keltirilgan. Ularning yarmidan ko'pi 2013-yil mayidan beri internetni senzura qilishga o'tgan, ayrimlarida elektron nazorat kuchaygan, internetda faoliyati nomaqbul deb topilgan odamlar jazolangan.

Dunyo bo'ylab internetda erkinlik bo'g'ilmoqda, deydi tashkilot xodimi Laura Rid.

"Ayniqsa Rossiya, Turkiya va Ukrainada ahvol yomonlashgan. Eron, Suriya va Xitoyda esa bir necha yildan beri shu ahvol", - deydi ekspert.

Izlanish natijalaridan ma'lum bo'lishicha, Rossiyada internetga so'nggi besh yildan buyon cheklovlar qo'yilmoqda. Vladimir Putin 2012-yilda prezidentlikka qayta saylanganidan beri internetni cheklovchi qator qonunlar qabul qilindi, deydi Laura Rid.

"Rossiyada mustaqil internet axborot vositalari oldingidan qattiqroq nishonga olinmoqda. Masalan, bir yil oldin qabul qilingan qonun bosh prokurorga ekstremizm yoki ruxsatsiz namoyishlarga da'vat etuvchi saytlarni yopishga imkon beradi. Qonun chiqishi bilan Ukrainadagi vaziyatni yorituvchi yoki o'tmishda Kremlni tanqid qilgan mustaqil internet axborot vositalariga to'siqlar qo'yila boshladi",- deydi Ozodlik uyi xodimi.

Ukrainada ham ahvol yaxshi emas. Sobiq Prezident Viktor Yanukovich paytida hukumatga qarshi namoyishlarni ijtimoiy sahifalar va internetdagi boshqa resurslar orqali yoritgan jurnalistlarga tazyiqlar qo'yilgan edi.

Joriy yilda dunyo bo'ylab internetdagi faolligi uchun ayrim odamlar qamalgan. Ba'zilari nafaqat maqola chop etgani uchun, balki kompyuterlarida hukumatni tanqid qiluvchi axborot saqlagani uchun ham sud qilingan.

"Yaqin Sharq va Shimoliy Afrikada ko'rilgan 11 mamlakatdan 10 tasida o'tgan yili odamlar internetdagi faoliyati uchun hibsga olingan", - deydi Laura Rid.

Guruh xulosasiga ko'ra, Eron, Suriya va Xitoy internetni eng qattiq cheklagan davlatlardir. Birma, Tunis, Kuba va Hindistonda esa aksincha cheklovlar yumshagan.

Internetdan to'siqsiz foydalanish imkoniyati AQSh va Yevropada keng, deyiladi Ozodlik uyi hisobotida.

Markaziy Osiyo davlatlari erkinlikni cheklashda yetakchi tuzumlar - uzviy huquqlardan tortib, siyosiy-iqtisodiy erkinliklargacha.

O'zbekistonda o'tgan yili bir odam internetdagi faoliyati uchun sakkiz yilga qamalgan, ikki jurnalistga esa yirik jarima solingan.

Internet kafelariga nazorat kameralarini o'rnatish hamda mijozlar faoliyatini qayd etish buyurilgan. Mustaqil, muxolif, hukumatga tanqidiy qarovchi sahifalarga hamon to'siqlar qo'yilgan, inson huquqlari faollarining internetdagi faoliyati nazoratga olingan, ilg'or internet senzura texnologiyasi keng qo'llanilmoqda.

  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

XS
SM
MD
LG