Janubiy Koreya poytaxti Seulda o’tayotgan Katta Yigirmalik yig’ilishida iqtisodi jadal o’sib borayotgan mamlakatlarga Xalqaro Valyuta Jamg’armasida ko’proq vakolat berishga qaror qilingan.
Bu degani Xitoy va Hindiston jamg’armaning 10 yirik investor qatoridan joy oladi.
Tashkilot rahbari Dominik Strauss-Kanning aytishicha, Yevropa 24-a’zolik boshqaruv kengashidagi ikki o’rinni Osiyoga bergan.
Lekin bugungi anjumanda Katta Yigirmalik moliya vazirlari va markaziy bank raislari valyuta bozorini muvozanatlash borasida kelisha olmagan.
Milliy pul qiymatini sun’iy ravishda ushlab turish jahon bozorida ko’plab to’qnashuvlarga sabab bo’lmoqda.