Breaking News

Katta Yettilik Rossiyaga talablar qo'ydi


Prezident Obama va Britaniya bosh vaziri Deyvid Kameron (chapda) Bryusselda Katta Sakkizlik sammiti doirasida gaplashmoqda, 5-iyun, 2014-yil
Prezident Obama va Britaniya bosh vaziri Deyvid Kameron (chapda) Bryusselda Katta Sakkizlik sammiti doirasida gaplashmoqda, 5-iyun, 2014-yil
Sanoatlashgan yetti yirik davlat rahbarlari Bryusselda uchrashmoqda. Katta Yettilik Rossiyaning Ukrainadagi voqealarga aloqadorligini va unga qarshi choralarni muhokama qilmoqda. AQSh prezidenti Barak Obama Britaniya bosh vaziri Deyvid Kameron bilan shu masalada alohida gaplashmoqchi.

Obama bugun Parijga yo’l oladi va Fransiya prezidenti Fransua Olland bilan uchrashadi.

Katta Yettilikka a’zo davlatlar rahbarlari Rossiyani Ukrainada prezident saylovlari natijalarini tan olishga, mamlakat sharqidagi kuchlarga qurol uzatishni va odam jo’natishni bas qilishga hamda Ukraina chegarasi yaqinidan barcha qo’shinlarini qismlariga qaytarishga chaqirdi.

Bryusselda qabul qilingan qo’shma bayonotda talablar bajarilmagan taqdirda Rossiyaga qo’shimcha sanksiya qo’llanishi aytiladi.

Rossiya rahbari Vladimir Putin Ukrainaning yangi saylangan prezidenti Petro Poroshenko bilan muloqotga ochiq ekanini ma’lum qildi.

Putin juma kuni Fransiyada bo’lib, prezident Olland, Britaniya rahbari Kameron va Germaniya kansleri Angela Merkel bilan gaplashadi.

Obama bilan uchrashuv rejalanmagan.
  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

XS
SM
MD
LG