Yevropa bo’ylab safar qilayotgan prezident Barak Obamaning aytishicha, dunyo erkinlik tarafdorlari bilan birga bo’lishi lozim.
Varshavada uyushtirilgan Ozodlik kuni tadbirida so’zlagan Obama Ukrainadagi bugungi voqealarni Polshada 25 yil avval o’tkazilgan va kommunistik tuzumga barham bergan saylovlarga qiyosladi.
Uning aytishicha, dunyo Rossiyaning Ukrainadagi yovuz taktikasiga qarshi birlashdi.
"Yirik davlatlar kichik mamlakatlarni iskanjaga olmasligi yoki beliga qurol tirab o’z so’zini o’tkazishga harakat qilmasligi kerak. Biz Rossiyaning Qrimni istilo qilganini yoki Ukraina suverenitetini buzganini qabul qila olmaymiz. Rossiyaning bundan keyingi provokatsiyalari uning yanada yakkalanishiga olib keladi", - dedi Obama.
Obama bugun Varshavada Ukrainaning yangi saylangan prezidenti Petro Poroshenko bilan uchrashib, Ukraina armiyasiga sharqda rossiyaparast kuchlarga qarshi samarali kurashish uchun besh million dollarlik anjom va’da qildi.
Mablag’ zirhli kiyim, tungi durbin va aloqa vositalarini sotib olish uchun sarflanadi.