Belgiya poytaxti Bryusselda Katta Yettilik davlatlari rahbarlarining navbatdagi sammiti bo'lib o'tmoqda. Rossiya Ukraina ichki ishlariga aralashgani bois,Sochida o'tishi belgilangan Katta Sakkizlik yig'ini boykot qilinib, uning o'rniga guruh a'zolari Bryusselda Rossiya ishtirokisiz to'plandi. Yig'inda Ukraina masalasi asosiy muhokama mavzusi bo'ldi.
Bryusselda Katta Yettilik yig'ini o'tmoqda

1
AQSh Prezidenti Barak Obama Katta Yettilik yig'ini uchun Bryusselga yetib keldi, 4-iyun, 2014-yil.

2
"Katta yettilik" ishtirokchilari (chapdan): Germaniya kansleri Angela Merkel, AQSh Prezidenti Barak Obama, Yevropa Kengashi Prezidenti German Van Rompuy, Yevropa Komissiyasi Prezidenti Joze Manuel Barroso, Fransiya Prezidenti Fransua Olland, Kanada Bosh vaziri Stiven Xarper, Yaponiya Bosh vaziri Shinzo Abe, Italiya Bosh vaziri Matteo Renzi va Britaniya Bosh vaziri Deyvid Kameron, 4-iyun, 2014-yil.

3
Bryusselda bo'lib o'tayotgan Katta Yettilik yig'inida AQSh prezidenti Barak Obama (markazda) Britaniya Bosh vaziri Deyvid Kameronga qarab kulyapti, 5-iyun, 2014-yil.

4
"Katta Yettilik" ishtirokchilari guruh bo'lib suratga tushgandan so'ng, 5-iyun, 2014-yil.