Breaking News

Londonda Katta Sakkizlik majlisi yakunlandi


Katta Sakkizlikka a’zo davlatlar tashqi ishlar vazirlari majlisi, London, 11-aprel, 2013-yil
Katta Sakkizlikka a’zo davlatlar tashqi ishlar vazirlari majlisi, London, 11-aprel, 2013-yil
Katta Sakkizlikka a’zo davlatlar tashqi ishlar vazirlarining Londonda o’tgan majlisida Koreya yarimorolidagi vaziyat, Suriya mojarosi va Eron yadro dasturi muhokama qilindi.

Germaniya tashqi ishlar vaziri Gido Vestervellening aytishicha, guruh Shimoliy Koreya masalasida hamfikr: bu davlatning urush haqidagi do’q-po’pisalariga toqat qilish mumkin emas. Vazirlari qabul qilgan yakuniy bayonotda Pxenyan harakatlari qoralangan.

Vazirlardan ba’zilari kecha Suriya muxolifati yetakchilari bilan gaplashgan. Isyonchilar AQSh davlat kotibi Jon Kerri va Britaniya tashqi ishlar vaziri Uilyam Xeygdan harbiy madad so’ragan, biroq AQSh rasmiylarining aytishicha, uchrashuvda va’dalar berilmagan.

Britaniya va Fransiya Yevropa Ittifoqining Suriyaga qurol embargosini yumshatishga yoki butunlay bekor qilishga chaqirib keladi. Rossiya va Germaniya bunga qarshi. Ular nazarida qurollar islomiy jangarilar qo’liga tushishi va mojaro mintaqaviy tus olishi mumkin.

Kerri kecha Rossiya tashqi ishlar vaziri Sergey Lavrov bilan uchrashib, Shimoliy Koreya masalasida pozitsiyalar ayni ekanini ta’kidlagan.
  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

XS
SM
MD
LG