Breaking News

Turkiyada Amerikaga nisbatan qarashlar yanada salbiylashgan


Istanbul
Istanbul

AQSh Xalqaro Teleradio Kengashining "Gallup" tadqiqot markazi bilan hamkorlikda o'tkazgan ommaviy so'rovlari natijasiga ko'ra, Turkiya ommasi Amerikani yoqtirmaydi.

Aksar turkiyaliklar Qo'shma Shtatlarni ta'lim, biznes, madaniy va ijtimoiy xilma-xillik, tolerantlik, inson huquqlari, erkinlik va adolat bobida ilg'or davlat deb bilsa-da, ularning atigi 12 foizi "sehrli diyor"ga ijobiy munosabatda. So'ralganlarning eng katta qismi, ya'ni 33 foizi, o'ta salbiy qarashda.

Prezident Donald Tramp bu hafta Turkiya rahbari Rajab Toyib Erodg'an bilan gaplashgan. Ular "Islomiy davlat"ga qarshi birga kurashishga kelishgan. Markaziy Razvedka Agentligi direktori Mayk Pompeo 9-fevral kuni Turkiyaga bordi.

Rossiyaga nisbatan o'ta salbiy fikrdagilar Turkiyada 44 foizdan ortiqni tashkil etadi, deya bildirmoqda "Gallup". Respondentlar Kremlni ayniqsa Suriyadagi ishlari va Turkiya bilan aloqalarda keskin ekani uchun yoqtirmasligini aytgan.

So'rov yozda o'tkazilib, unda 1700 turk va 500 kurd ishtirok etgan. Shundan beri Moskva-Anqara munosabatlari ancha iliqlashgan. Rossiya nazarida Suriyadagi urushni Turkiya yordamisiz to'xtatish mumkin emas.

  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

XS
SM
MD
LG