Breaking News

Qatar amiri insonparvarlik yordami bilan G’azoga bordi


Xamas Bosh vaziri Ismoil Xaniya, Qatar amiri Shayx Xamad bin Xalifa al-Taniy
Xamas Bosh vaziri Ismoil Xaniya, Qatar amiri Shayx Xamad bin Xalifa al-Taniy
Qatar amiri kecha G’azo sektoriga qadam qo’yar ekan, hududda besh yildan beri hukmron Xamas buni tarixiy kun, deya nishonladi.

Kundalik Eshittirish
Iltimos, kuting...

No media source currently available

0:00 0:30:00 0:00
Yuklab oling

Shayx Hamad bin Xalifa al-Taniy 2007-yildan beri sektorga safar qilgan ilk rahbar. G’arb terrorchi tashkilot deya tamg’alagan Xamas Bosh vaziri Ismoil Haniya amirni chuqur ehtirom bilan qarshi oldi.

Bir necha soat davom etgan tashrif chog’ida Qatar amiri G’azoni qayta qurishga doir yordam dasturini rasman ochib berdi.

Bu madad 2008-yilda Isroil sektorga uyushtirgan hujum asoratlarini tozalash, G’azoda yangi mahallalar barpo etishga sarflanadi, deydi u.

Xamas rahbari amir Hamadni “adolatsiz tashqi kuchlar G’azoga joriy etgan siyosiy va iqtisodiy blokada”ni buzib, undan xatlab o’tgani uchun maqtadi.

Qatar yetakchisining safari Xamas uchun diplomatik g’alaba.

G’arb davlatlari bu guruhni yakkalab, G’arbiy sohilda hukmron prezident Mahmud Abbosni Falastin ahlining yagona qonuniy rahbari, deb biladi.

Amir G’azoni tark etgach, Isroil hududga havo hujumi uyushtirgan va natijada Xamasning uch a’zosi o’lgan. Seshanba kuni sektorda Falastin tomoni amalga oshirgan xurujda isroillik zobit qattiq yaralangan edi.
  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

XS
SM
MD
LG