Breaking News

Fath va Xamas Falastinni birgalikda boshqarmoqchi


Falastin prezidenti Mahmud Abbos (chapda) va Xamas rahbari Xolid Mash'al (chapda) o'rtasidagi kelishuvga Qatar amiri shayx Hamad bin Halifa al-Taniy vositachilik qildi
Falastin prezidenti Mahmud Abbos (chapda) va Xamas rahbari Xolid Mash'al (chapda) o'rtasidagi kelishuvga Qatar amiri shayx Hamad bin Halifa al-Taniy vositachilik qildi

Falastinning ikki qismini boshqarib kelgan raqiblar – Fath va Xamas qo’shma hokimiyat tuzishga kelishdi. Shu oy boshida erishilgan kelishuv Yaqin Sharqda tinchlik sari qo’yilgan muhim qadam, deydi tahlilchilar. Boshqalar esa bir-biriga zid mafkura va taktikaga ega bu ikki guruh haqiqatan ham murosaga erishdimi degan savolni o’rtaga tashlamoqda.

Mahmud Abbos rahbarligidagi Fath harakati Iordan daryosining g’arbiy sohilida hukmron. Abbos 2005-yil boshida, Fath asoschisi va Falastin muxtoriyati prezidenti Yosir Arafat vafotidan keyin, uning o’rnini egallagan edi.

G’arb terror tashkiloti deb hisoblovchi Xamas esa G’azoni nazorat qiladi. Ikki hududni bir-biridan Isroil ajratib turadi.

Xamas yahudiy davlatni asosiy dushman deb biladi. Bomba va raketa hujumlari uyushtirish – bu guruh taktikasi. Isroil bunga, albatta, javob qaytarib kelgan. Lekin o’tgan yil aprel oyida tomonlar harbiy harakatlarni to’xtatishga kelishdi.

Lekin Xamas G’azoni rivojlantirish uchun ko’p ishlar qildi. Infratuzlima barpo etildi, maishiy xizmat tizimi va ijtimoiy himoya vositalari joriy qilindi. Aholi orasida ko’pchilik Xamasdan rozi.

Bir necha oy davom etgan muzokaralardan keyin ikki guruh Falastinni birgalikda boshqarishga kelishib, Mahmud Abbosni qo’shma hukumat rahbari etib tayinladi.

Yaqin Sharq bo’yicha ekspert Favaz Gerges fikricha, kelishuv ijobiy qadam, lekin progress haqida gapirishga hali eta.

Fath va Xamas Falastinni birgalikda boshqarmoqchi
Fath va Xamas Falastinni birgalikda boshqarmoqchi
“Fath va Xamas kelishmovchiliklarni bir chetga surib, birgalikda ishlay oladimi, Falastinni boshqara oladimi? Bu savol hozircha ochiq. Kelishuvda tinchlik o’rnatish haqida so’z boradi. Biroq Xamas nazoratida bo’lgan G’azoda Fath nima qiladi? Mahmud Abbos G’azoni boshqara oladimi? Shartnoma katta siyosiy ahamiyatga ega bo’lsada, muammolar hali ko’p”,- deydi “Amerika Ovozi” bilan Londonda muloqot qilgan olim.

Mutaxassis fikricha, “arab bahori” natijasida ayrim mamlakatlarda islomiy kuchlar hokimiyatga kelganiga guvoh bo’lgan Xamasning o’ziga ishonchi oshdi.

Nyu-York Universiteti professori Alon Ben-Meyr nazarida, Xamas zo’ravonlik taktikasidan ham voz kecha boshlagan.

“Misrda Musulmon Birodarlar, Iordaniya qiroli Abdulla va Qatar amiri ularga “zo’ravonlikdan voz kechmasangiz, Falastinning kuni bitadi”, deya maslahat berdi. Chunki Isroil na G’arbiy sohil, na G’azodan kelayotgan provokatsiyaga chidaydi. Xamas buni yaxshi tushunadi”.

Fath ham Xamasni qon to’kishni bas qilishga undab keladi.

“Ramalloh, Jenin yoki G’arbiy sohildagi boshqa shaharlarga borsangiz, u yerdagi taraqqiyotni ko’rib hayratga kelasiz. Infratuzilma, yo’llar, shosselar, restoran va boshqa inshootlar – Xamas bularni yo’qotgisi kelmaydi. Shu bois Fath va Xamas Isroilni g’azablantiradigan ishlarga qo’l urmaydi, nazarimda. Bu hech qanday natija bermaydi”, - deydi olim.

Biroq AQShning BMTdagi sobiq elchisi Jon Bolton Xamas o’zgarmoqda degan fikrga qo’shilmaydi.

“Ular o’zgarish uchun nima qilish kerakligini yaxshi biladi: Isroil davlatini tan olib, ilgarigi shartnomalarga rioya qilishi va terrozmdan voz kechishi kerak. Hozircha bular qilinmadi”,- deydi arbob.

  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

XS
SM
MD
LG