Breaking News

Falastin AQShga tinchlik muzokaralari haqida eslatmoqda


AQSh va Isroil rahbarlari Vashingtondagi uchrashuvda asosan Eron va uning yadro dasturi haqida maslahatlashdi. Falastin ma’muriyatining shikoyat qilishicha, Yaqin Sharq tinchlik muzokaralari e’tibordan chetda qolib ketayapti.

Prezident Barak Obama kecha Oq uyda Isroil Bosh vaziri Benyamin Netanyaxu bilan muloqotda Yaqin Sharq tinchlik jarayonini tilga olmadi.

Falastin Ozodlik tashkilotining ijroiya qo’mitasi a’zosi Xanan Ashraviy buni AQShda kechayotgan saylov kampaniyasi bilan izohlaydi.

“Nomzodlar Isroilga sodiqligini namoyish etmasa Oq uyga saylanishi qiyin”, - deydi u.

Falastinlik qonunchi Xanan Ashraviy
Falastinlik qonunchi Xanan Ashraviy
Isroil va Falastin gaplashmay qo’yganiga bir yildan oshdi. Vaholanki, Yaqin Sharqdagi beqarorlikning o’zagi ana shu mojaroda.

“Isroil Falastin yerlarini bosib olib, xalqaro qonunlarni pisand qilmayotgani AQSh manfaatlari va obro’siga ham putur yetkazyapti”, - deydi Xanan Ashraviy.

Eron yadro dasturi atrofidagi mashmasha tufayli juda ko’p muhim masalalar chetda qolib ketayotgani afsuslanarli.

“Hozir hammaning xayolida Eron va urush tahdidi. Mintaqada ekstremizm va zo’ravonlikni avj oldirayotgan omil esa – adolatsizlik, Falastin xalqiga nisbatan adolatsizlik”, - deydi qonunchi.

Xalqaro vositachilar Isroil va Falastinni muzokaraga qaytishga undayotgani hozirgacha samara bermagan. Norozilik namoyishlarini hamda mustaqillik istab BMTga murojaatlarimizni davom ettiramiz, deydi falastintinliklar.

  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

XS
SM
MD
LG