Falastinliklar bugun “Vatan kuni” ni nishonlar ekan, minglab namoyishchilar Quddus shahri tevaragida Isroil xavfsizlik kuchlari bilan to’qnashgan. Olomonni tarqatish uchun rezinali o’q, suv, ko’zni yoshlantiruvchi gaz va kar qiluvchi granatalar qo’llangan.
Iordan dayosining g’arbiy sohili va Ga’zo sektorida yashovchi aholi “Isroil bizdan tortib olgan yerlarni qaytarsin” shiori ostida har yili namoyishga chiqadi.Qo’shni Livan va Iordaniyadan ham minglab odam Falastin bayrog’ini ko’tarib ko’chaga chiqdi, biroq Isroil chegarasiga yaqinlashmadi. O’tgan yili 38 kishi halok bo’lgan edi.
Shimoliy chegara bo’ylab minglab askarlarini safarbar etgan yahudiy davlati tinch namoyishlarga ruxsat bergan. O’nlab chegara punktlari yopiq.
G’arbiy Quddusni Isroil 1948-yilgi urushda qo’lga kiritgan. Ziyoratgohlar joylashgan Sharqiy Quddusni esa yahudiy davlati 1967-yilgi urushda Iordaniyadan tortib olgan. Xalqaro qonunlarga muvofiq bu yer bosib olingan hudud hisoblanadi.