“Falastinga xush kelibsiz” deb nomlangan kampaniya ishtirokchilari Isroilga kira olmadi.
Isroil hukumati Tel-Aviv aeroportiga qo’nib, u yerdan Iordan daryosining G’arbiy sohiliga bormoqchi bo’lgan yuzlab faolni kiritmaslikka qaror qildi.
Rasmiylar Yevropadagi aviakompaniyalarga qora ro’yxatlarni taqdim etganidan so’ng 100 dan ortiq faol Isroilga ucha olmadi. Tel-Aviv aerportiga kelishga muvaffaq bo’lgan yana o’nlab odam hibsga olindi, endi deportasiya qilinadi.
Isroil hukumati “Falastinga xush kelibsiz” kampaniyasi ishtirokchilarini internetdagi Facebook ijtimoiy tarmog’i orqali kuzatib brogan. Endi esa ularni G’arbiy sohil hamda airport hududida tartibni buzish, namoyishlar uyushtirishni rejalashtirganlikda ayblamoqda.
Isroil rasmiysi Yuli Edelsteyn:
“Afsuski, turli mamlakatlar ekstremistlari provokatsiya uyushtirganining yana bir bor guvohi bo’ldik. Isroilga yetib kelishning uddasidan chiqqanlarning tartibni buzishiga yo’l qo’ymaymiz”.
Kampaniya tashkilchilaridan biri Abdul Fatoh Abu Surur esa Isroil tinchlik missiyasi yo’lini to’sdi, deydi.
“Ular Falastinga kelmoqchi edi. Bir narsani buzish, aeroportni portlatish yoki Isroilga hujum qilish uchun kelayotgani yo’q. Ular bosib olingan Falastin xalqiga birdamlik va yo’rdam qo’lini cho’zyapti”.
Faollar Isroilni falastinliklarga nisbatan repressiv siyosatda aybladi.
Fransiyaning Lion shahridan Isroilga kelgan Tanya ismli faol “Falastinga kelib, bu yerdagi odamlar bilan uchrashish imkoniga barcha ega bo’lishi kerak, bizning bunga haqqimiz bor”, deydi.