Breaking News

Gruziyada parlament saylovlari: Saakashvili yoki Ivanishvili?


Gruziya muxolifati yetakchisi, milliarder Bidzina Ivanishvili
Gruziya muxolifati yetakchisi, milliarder Bidzina Ivanishvili
Gruziyada Atirgul inqilobi shamoli bilan sakkiz yil ilgari hokimiyatga kelgan prezident Mixail Saakashvili siyosiy sahnada qolishga harakat qilayapti. Uning raqibi, Gruziyadagi eng badavlat biznesmen Bidzina Ivanishvili.

Gruziyada parlament saylovlari/Shohruh Hamro
Iltimos, kuting...

No media source currently available

0:00 0:02:50 0:00
Yuklab oling

1-oktabr parlament saylovlari oldidan, prezident Mixail Saakashvili Tbilisagi eng yirik stadionda tarafdorlari bilan uchrashib, ularga so’nggi marotaba murojaat qildi.

Stadiondagi 55 ming o’rinlar Gruziya hukmron partiyasi - Birlashgan Milliy Harakat a’zolari bilan to’la. Saakashvili ular oldida zud-zarur masalalardan gap ochgani bejiz emas – u rahbarlikka kelganidan beri ilk bor eng jiddiy raqib bilan yuzlashmoqda.

Mixail Saakashvili nutqida yaqin o’tmishni yodga oldi. Gruziya bir paytlar jinoiy to’dalar makoni edi, yo’llari xarob, elektr energiyasi taqchil, iqtisodiy jihatdan qoloq bir o’lka edi, deya eslatdi.

2008-yilgi Rossiya bilan urushni tilga olar ekan, prezident deydiki, Gruziya Rossiya moliyasiga tobe bo’lib qolmasligi kerak, qaysi yo’ldan borishni xalqning o’zi hal qilsin.

Saakashvili bu bilan siyosiy raqibi, Bidzina Ivanishvili, Gruziya Orzusi nomli koalitsiya rahbariga ishora qilmoqda. Mamlakatdagi eng badavlat odam, milliarder Ivanishvili 1990-yillarda Rossiyada biznes qilib, pul topgan. Boyligi 6,4 milliard dollarni tashkil etadi. Unga xayrixohlar ko’p, asosan xayriya orqali nom qozongan.

Muxolifat yetakchisi o’z telekanaliga ham ega. Saakashviliga qarshi kuchlarni birlashtira olgan. Tbilisida o’tgan matbuot anjumanida, “Sizni Kremlning odami deyishadi, bunga nima deysiz”? - deb so’radik.

Ivanishvilining javobi: “So’nggi 10 yil mobaynida men Gruziyaga 1,7 milliard dollarga teng yordam berdim. Agar shu ishlarim uchun meni Kremlning odami deyishsa qarshi emasman”.
So’nggi 10 yil mobaynida men Gruziyaga 1,7 milliard dollarga teng yordam berdim

Dushanba kungi parlament saylovlarida g’olib chiqsa, Ivanishvili Yevropa Ittifoqi va NATOga a’zolik tomon harakatni davom ettirmoqchi.

Gruziya konstitutsiyasiga muvofiq, kelasi yil prezident vakolatlarining bir qismi bosh vazirga o’tadi. Parlamentda ko’pchilik o’ringa ega partiya rahbarni tayinlash huquqiga ega bo’ladi.

Saylovoldi ommaviy so’rovlar natijasidan biror xulosa chiqarish qiyin. Gruziya siyosatini yoritib kelayotgan bir jurnalistning “Amerika Ovozi”ga aytishicha, “30 yil muxbirlik qilib, birinchi marta saylov qanday tugashi menga ham qorong’u”.
XS
SM
MD
LG