Breaking News

Germaniya: Jinsiy tajovuzlar ketidan ayrim qochqinlar deportatsiya qilinadi


Germaniyaning Kyoln shahrida yangi yil kechasi o'g'rilik va ayollarga nisbatan tajovuzlar sodir etilgani ketidan immigratsiyaga doir qonunlar qayta ko'rib chiqiladi. Kansler Angela Merkel shunday taklif bilan chiqdi.

Bugun bu shaharda hujumlarni qoralab, minglab odam namoyish qilmoqda.

Ayollar hujumchilarni ko'rinishiga qarab yaqin sharqlik va arablar deya tasvirlagan edi. Germaniya Ichki ishlar vazirligi ma'lumotiga ko'ra, hujumda gumon qilinib, ushlanganlar orasida 18 nafar qochqin ham bor.

Hibsdagi 31 odam Jazoir, Morokko, Eron, Suriya va Serbiyadan. Mahalliy aholi vakillari ham so'roq qilinmoqda. 2015-yilda Germaniya bir milliondan oshiq qochqinga boshpana bergan.

O'g'riliklar va jinsiy tajovuzlar Kyoln shahri temir yo'l stansiyasi yonida, minglab odam yangi yilni nishonlagan joyda ro'y bergan. O'xshash hujumlar Gamburg va Shtutgart shaharlarida ham qayd etilgan. Jamoatchilik g'azabda.

Kansler Angela Merkel so'zlariga ko'ra, qonunlarga o'zgartirishlar kiritilib, bundan buyon jinoyatga qo'l urgan xorijliklarni deportatsiya qilish osonlashadi.

Amaldagi qonunlarga muvofiq Germaniyadan boshpana so'ragan odam uch yillik qamoq jazosiga mahkum etilsa, deportatsiya qilinishi mumkin.

  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

XS
SM
MD
LG