23-mart kuni Afg'oniston Prezidenti Ahraf G'ani Pentagonga tashrif buyurib, Afg'onistonda xizmat qilgan askarlarga tashakkur izhor qildi. Merilend shtatida Amerika prezidenti uchun ajratilgan qo'rg'on Kemp Devidda ham muzokaralar kechdi. Unda Davlat kotibi Jon Kerri, Mudofaa vaziri Eshton Karter, Moliya vaziri Jekob Lu va Afg'oniston Bosh vaziri Abdulla Abdulla ishtirok etdi. Muloqot bugun Oq uyda davom etmoqda.