Breaking News

Ashraf G'ani: Pokiston Tolibonni o'z hududidan haydasin


Parlamentda keskin chiqish qilgan Prezident G'ani Pokistonni Tolibon yetakchilariga qarshi chora ko'rmayotganlikda aybladi.
Parlamentda keskin chiqish qilgan Prezident G'ani Pokistonni Tolibon yetakchilariga qarshi chora ko'rmayotganlikda aybladi.

Afg'oniston Prezidenti Ashraf G'ani qo'shni Pokistondan Tolibon rahbarlarini o'z hududidan haydab solishni talab qilmoqda. Ularni Kobul adliyasiga topshiring, deydi prezident.

Dushanba kuni parlamentning qo'shma majlisida keskin chiqish qilgan G'ani Pokiston qurolini tashlamagan toliblar yetakchilariga qarshi kuch ishlatishga va'da bergan edi, dedi.

G'anining aytishicha, jangarilar Pokistonning Peshovar va Kvetta kabi shaharlaridagi qarorgohlaridan turib Afg'onistonga zarbalar bermoqda.

"Pokiston to'rt mamlakatni ichiga olgan xalqaro guruh doirasida majburiyatini bajarishi lozim. Islomobod toliblar yetakchilarini javobgarlikka torta olmasa, ularni bizga topshirsin. Jangarilarning jazosini beramiz", - dedi G'ani.

Prezident G'ani Afg'oniston, Pokiston, Xitoy va Amerikani o'z ichiga olgan, Tolibonni muzokara stoliga qaytarishga urinayotgan guruhni nazarda tutayapti.

To'rt tomonlama bu dialog samarasi bilan Pokistonda mart oyida dastlabki muloqot o'tishi e'lon qilingan edi.

Lekin toliblar oxirgi daqiqada fikridan qaytib, Afg'onistonda hujumga o'tdi.

O'tgan haftada jangarilar Kobulda sodir etgan qonli xuruj, masalan, salkam 70 odamni hayotdan olib ketib, kamida 350 kishi jarohatlandi.

G'azablangan afg'on jamoatchiligi Prezident G'anidan Tolibon bilan murosa qilib o'tirmaslikni, harbiy amaliyotlarga zo'r berishni talab qildi.

Rasmiylar taxminicha, seshanba kungi xurujni Pokistonda asoslangan Haqqoniy tarmog'i shu davlat razvedkasi ko'magi bilan uyushtirgan. Islomobod bu da'voni rad etadi.

Dushanba kungi chiqishida G'ani zo'ravonlikdan yuz o'girgan toliblar bilan hanuz murosaga tayyor ekaniga ishora qildi.

Amerika rasmiylari avvaldan Pokistonni toliblarga o'z hududida faoliyat yuritishga ijozat bergani uchun tanqid qilib keladi.

Rula G'ani, dunyodagi eng nufuzli 100 insondan biri
Iltimos, kuting...

No media source currently available

0:00 0:02:46 0:00

AQSh Afg'onistondan chiqishga shoshmaydi
Iltimos, kuting...

No media source currently available

0:00 0:03:33 0:00

  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

XS
SM
MD
LG