Breaking News

Xalqaro bizneslar va davlat muassasalari kiber-hujumga uchradi


Virus juda tez tarqaldi. Yevropada va boshqa davlatlarda kompyuterlar ishlamadi, internet uzilib qoldi. Sistema qulflanib qolib, fayllarni ochish uchun Bitkoyn valyutasida 300 dollar talab qilgan.

"Bu virus qanday qilib yashin tezligida dunyo bo’ylab tarqalgani haligacha noma’lum.Voqea sodir bo’lganiga endigina besh soat bo’ldi", - deydi fransiyalik Jerom Billua, kiber xavfsizli bo'yicha ekspert.


Rossiyadagi eng yirik neft ishlab chiqarish kompaniyasi "Rosneft" va Britaniya reklama agentligida ham internet uzilgan. Ukraina kompaniyalari, bank, bizneslar ayniqsa virusdan qattiq zarar ko’rgan.

Britaniya Milliy salomatlik xizmatiga may oyida ana shunday hamla uyushtirilgan va katta zarar keltirgan edi.Mutaxassislarning fikricha, bunday hujumlar hali davom etadi.


“Anti-virus yaratib ulgurmasimizdan, viruslar turi o’zgarib, ko’payib borayapti. Lekin istalmagan kodlarni kiritmaslik orqali sistemani himoya qilish mumkin. Tashkilotlar, korxonalar va har bir odam himoya choralarini qidirishi kerak”, - deydi britaniyalik ekspert Deyv Voterson.

Lekin ko’pgina tashkilotlar himoyaga e’tiborsiz qaraydi.


"Hatto yirik kompaniyalarda elektron pohctalarni filtrlash yetarlicha yo’lga qo’yilmagan. Imaylga biriktirilgan fayllar nazorati ham qoniqarsiz. Agar tashkilotingiz bu virusdan zarar ko’rib ulgurmagan bo’lsa, tezlik bilan filtr o’rnatish ayni muddao", - deydi rossiyalik mutaxassis Sergey Nikitin.


Britaniya rasmiylariga ko’ra, shu safar zarar ko’rganlar kuchliroq himoya haqida qayg’urishlari lozim.


"Kompyuterga virus tushishi yangilik emas. Lekin odamlarning o’zlari ham oddiy ehtiyotkorlik choralarini bajarmaydi. Masalan, sistemaga kirishda oddiy kalit-parollarni tanlashadi", - deydi Britaniya Savdo vaziri Liam Foks.


Agar kompyuteringizga virus tushsa va tuzatish uchun sistema pul talab qilsa to’lamang. Aks holda, jinoyatchi to’dalarni qo’llab-quvvatlagan bo’lasiz.

  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

Facebook Forum

XS
SM
MD
LG