Breaking News

Uysiz va nochorlarga 536 ming dollarlik ehson


Onlayn xayriya - muhtojlar uchun 500 ming dollar
Iltimos, kuting...

No media source currently available

0:00 0:02:51 0:00

Onlayn xayriya - muhtojlar uchun 500 ming dollar

Xayr-ehson uysizlar joniga oro kirsa, san’at inson ruhiga ozuqa. Virjiniya shtatidagi jamoat markazlaridan biri aholining ehtiyojmand qatlamiga yordam qo’lini cho’zish uchun mablag’ to’plashni maqsad qilgan. Ular 300 ming dollar yig’ish uchun onlayn kampaniya uyushtirdi. Tashkilot rejasi qanchalik amalga oshdi?

Virginiya shtati, Harrisonburg shahri aholisi 53 ming atrofida. Kichik shahardagi odamlarning bag’ri keng. Harrisonburg shahar jamoat tashkilotlaridan biri uyushtirgan xayriya tadbirida bir kunning o’zida 536 ming 300 dollar yig’ildi. Mab’lag’ to’plash onlayn, kun botguncha davom etdi.

Dastur rahbari Amanda Bomfim va uning jamoasi har bir pul o’tkazmasini hayajon bilan kuzatib turdi.

“Boshida juda hayajonlandim. 333 ming yig’amiz deb chiqqanmiz, bilasiz bu katta summa. Rejamiz amalga osharmikin deb xavotirlandim. Yig’ilgan ehsondan notijorat tashkilotlar ishiga foyda keltirishini istar edim”, - deydi Amanda Bomfim.

Mahalla aholisi tashkilot faoliyatidan rozi. Tashkilotga Revlan Hill ijrochi direktor.

“Har bir inson savob ishlar qilgisi keladi. Qo’shningiz kasal bo’lsa, biror yegulik olib ko’rib kelasiz, mahallaga yordam qilishni istaysiz. Tashkilot bunday katta ishlarni bosh biriktirib qilishga imkon beradi. Birlashgan o’zar, degani shu-da”, - deydi Revlan Hill.

Shahardagi 89 ta notiijorat taskilot moliyaviy ko’makka muhtoj. Xayriyadan Shenando vodiysi san’ati va madaniyatini targ’ib qilayotgan “Vodiy san’ati” madaniyat uyiga 27 ming dollar ajratildi.

“Mahalladagilar san’atni qadrlaydi, shahar ahli farovon hayot kechirishi uchun san’at kerakligini, aholi sifatli yashashi uchun muhim ekanini tushunadi”, - deydi “Vodiy san’ati” ijrochi direktori Jenni Burden.

“Mahallamiz guzari” tashkilotiga 32 ming dollarga yaqin mablag’ tegdi. Tashkilotning ishi uysizlarga oziq-ovqat tarqatish, parvarish qilish va ishga joylashdan iborat.

“Eshigimiz hammaga ochiq. Asosan uysiz, muammolarini hal qila olmayotganlarga yordam berishni ko’zlaymiz. Issiq ovqat tarqatamiz, hammom qilish, kiyimlarini yuvish uchun sharoitimiz bor. Ko’pchilik shunchaki diydorlashgani ham keladi. Joyimiz doim gavjum”, - deydi “Mahallamiz guzari” tashkiloti koordinatori Randi Hagi.

Virjiniya shtatidagi kichik mahallalar aholisi katta savob ulashayotganidan mamnun.

  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

Facebook Forum

XS
SM
MD
LG