Gretsiya Bosh vaziri Aleksis Tsipras avvalgi e'tirozlarini unutib, Yevropa kreditorlarining talablariga rozi. Mamlakatda yakshanba kuni masala xalq hukmiga - referendumga qo'yiladi.
Gretsiya Xalqaro valyuta jamg'armasiga 1.8 milliard dollar qarzini vaqtida to'lay olmagani uchun Yevropadan qo'shimcha yordam ololmayapti.
Tahlilchilar nazarida Tsipras hukumati avvalgiday oyoq turab olmasdan, murosaga ko'nganday bo'lib Yevropadan 32 yarim milliard dollar madadni undirib olmoqchi.
Germaniya kansleri Angela Merkel esa yakshanba kungi referendum natijasi aniq bo'lganidan keyin gaplashish mumkin, deydi.
Gretsiya oxirgi besh yilda qarzga chuqur botdi. Kreditorlar qo'shimcha yordam berishdan oldin Afinadan xarajatlarni keskin kamaytirishni talab qilayapti.
Gretsiya esa fuqarolar shundoq ham ko'p jabr ko'rganini, boshqa maoshlarni kesa olmasligi va soliqlarni oshirmasligini aytmoqda. Mamlakatda ishsizlik, qashshoqlik darajasi yuqori. Banklar yopiq. Bankomalardan faqat kam miqdorda pul olish mumkin.