Breaking News

Gretsiya hukumati kreditorlar shartlarini qabul qilishi mumkin


Gretsiya Bosh vaziri Aleksis Tsipras
Gretsiya Bosh vaziri Aleksis Tsipras

Qarzga botgan Gretsiya moliyaviy yordam evaziga yevrozona talablariga ko’nishga tayyor ko’rinadi.

Obama xalqqa: Gretsiyadagi tanazzuldan xavotir olmang
Iltimos, kuting...

No media source currently available

0:00 0:01:39 0:00

Bosh vazir Aleksis Tsipras yevro bilan muomala qiluvchi davlatlar rasmiylariga shu haqda xat yo’llagan. Gretsiya rahbariyati avvalroq kreditorlar bilan murosadan bosh tortayotgan edi.

Bu orada, Prezident Barak Obamaning aytishicha, bu tanazzul Amerika ahlini xavotirga solmasligi kerak. Yevropa va Gretsiya 19 davlat a’zo yevrozonani saqlab qolishiga ishonchim komil, dedi prezident.

Gretsiyada 5-iyul kuni referendum o’tadi. Fuqarolar xalqaro kreditorlar olg’a surgan talablarga ko’nish-ko’nmaslik masalasini hal qiladi. Agar xalq “yo’q” desa, Gretsiya yevro bilan muomala qiluvchi davlatlar safidan haydaladi. “Ha” desa, Bosh vazir Aleksis Tsiprasning hukumati ishdan ketadi.

Joriy hafta o’tkazilgan ijtimoiy so’rov natijalariga ko’ra, aksariyat greklar Yevropa Ittifoqining yagona pul zonasida qolishni istaydi.

Katerina Kolinati ismli fuqaro nazarida yevrozonada qolish bankrotlikdan afzalroq.

Yevropa Ittifoqi rahbarlari Afinadan nafaqalarni kesib, soliqlarni oshirishni so’rayapti. Gretsiya moliyaviy tanazzuli xalqaro bozorga ta’sir qilishi mumkin, degan xavotir ham bor.

Amerika Prezidenti Barak Obama aholini xavotir olmaslikka chaqirdi.

“Asosan, Yevropaga taalluqli muammo bu. Juda og’ir iqtisodiy damlarni boshidan kechirgan bir davlat yana oyoqqa turishi, yevrozonada qolishning yo’lini qilishi kerak”, - dedi prezident.

Biroq Obamaning tan olishicha, Gretsiyadagi tanazzulga butkul e’tibor bermaslik to’g’ri emas. Qo’shma Shtatlar buning oldini olish uchun Yevropa Markaziy Banki va boshqa xalqaro moliyaviy institutlar bilan birga ishlayapti.

Krizis Yevropada o’sish sur’atlariga ta’sir qilishi mumkin, deydi prezident.
Yevropada o’sish sekinlasa, bu jahon iqtisodiyotida aks-sado beradi. Shunday ekan, Obama ma’muriyati Yevropadagi ittifoqchilar va Gretsiya hukumatini muzokarani davom ettirishga chaqiradi.

  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

XS
SM
MD
LG