Gretsiyaning Idomeni qishlog’ida shu kungacha 8400 migrant yashagan norasmiy qochqinlar lageri yopilmoqda, odamlar boshqa joylarga ko’chirilmoqda.
Bu ishga 400 politsiyachi jalb etilgan, biroq hukumat migrantlarga nisbatan kuch ishlatilmaydi, deb ishontirgan.
Asosan suriyalik, afg’on va iroqlik qochqinlar Saloniki atrofidagi to’qqizta lagerga joylashtirilishi kutilmoqda.
Idomeni lageri qo’shni Makedoniyaga yaqin bo’lib, mart oyida chegara yopildi. Qochqinlar G’arbiy Yevropaga - Germaniya, Shvetsiya va boshqa mamlakatlarga intilmoqda, Gretsiyada deyarli hech kim qolmoqchi emas.
Yevropa Ittifoqi Saloniki atrofidagi lagerlarga hozircha pul ajratmagan, ammo vaziyatdan xabardormiz, deydi.