Breaking News

Guantanamo qamog'idan o'ndan oshiq mahbus ko'chiriladi


Rasmiylarning aytishicha, kamida ikki davlat mazkur mahbuslarni qabul qilishga rozi.
Rasmiylarning aytishicha, kamida ikki davlat mazkur mahbuslarni qabul qilishga rozi.

Amerika harbiylari Kubadagi Guantanamo qamog'idan o'ndan oshiq mahbusni ko'chirmoqchi. Kongressga bu haqda xabar berilgan.

Rasmiylarning aytishicha, kamida ikki davlat mazkur mahbuslarni qabul qilishga rozi.

37 yoshli yamanlik mahbus Tariq Ba Oda ana shulardan. U 2007-yilda ochlik e'lon qilganidan buyon majburlab ovqat yediriladi. Hozir vazni 33 kilogram atrofida.

Guantanamoda ayni damda 91 mahbus qolmoqda. Sobiq rahbar Jorj Bush davrida ochilgan bu turmada terrorizmda gumon qilinayotgan shaxslar saqlanadi.

Mahbuslar yaqin kunlardayoq mezbon davlatga yo'l olishi kutilayapti.

Guantanamo odamlar ayblov va sudsiz saqlanadigan manzil sifatida huquq himoyachilari tomonidan tanqid qilinadi. Prezident Obama Oq uyga kirgani zahoti bu turmani yopishga so'z bergan, lekin Kongress bunga yo'l bermayapti.

  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

XS
SM
MD
LG