So’nggi yillarda AQShda qurol vositasida ro’y bergan qatliomlar bu mamlakatni larzaga soldi. AQSh konstitutsiyasi fuqaroga haqiqatdan ham istagan qurolga egalik qilish huquqini berganmi? Ba’zilar “ha”, boshqalar “yo’q” deydi.
Shu kungacha zo’ravonlik muammosini hal qilishga qaratilgan puxta ilmiy tadqiqotlar o’tkazilgan emas. Ammo so’rovlardan omma kayfiyatini bilib olish mumkin.
Yaqinda Vashingtonda minglab odam qurol-aslaha bozorini tartibga soling, deb namoyish qildi. Undan oldin esa qurol egalari konstitutsiyaviy huquqlarini e’tirof etib, mamlakat bo’ylab ko’rgazmalar tashkil etdi.
Konnektikut shtatida birinchi sinf o’quvchilari va muallimlar otib o’ldirilganidan beri asablar tarang. Obama ma’muriyati harbiy turdagi qurollar savdosini taqiqlash harakatida.
Jons Xopkins tibbiyot oliygohi yaqinda bir izlanish natijalarini e’lon qildi. Bu bahsli masalaning ayrim jihatlari bo’yicha omma yakdil, deyiladi unda.
Tadqiqotchilardan biri Kollin Berri “Amerika Ovozi” bilan suhbatda bo’ldi:
“Xulosa shuki, siyosiy qarashlari va qaysi partiyaga mansubligidan qat’i nazar aksar fuqarolar qurollarni xavfli shaxslardan uzoqroqda saqlash kerak, deb aytishdi. Jumladan, oilaviy zo’ravonlikda ayblanib, sud hukmini buzganlar; narkotik yoki alkogol bilan bog’liq jinoyatga qayta qo’l urgan odamlar; yoshligida jiddiy jinoyat sodir etganlar; terrorda gumon qilinganlar va hokazo”, - deydi u.
Izlanishga ko’ra, qurol egalarining 74 foizi xaridorlar puxtaroq tekshirilsin degan taklifni yoqlaydi.
Lekin qonli hodisalarni qanday kamaytirish masalasi shu kungacha hukumat idoralari tomonidan jiddiy o’rganilgan emas. Chunki AQSh Qurol uyushmasi, ya’ni lobbichilar bosimi bilan Kongress bunga ruxsat bermaydi.
Natijada qurol-aslaha va o’q-dorilarni uyda qanday saqlash bo’yicha aniq ko’rsatma va talablar belgilanmagan, deydi doktor Jorjes Benjamin, AQSh Sog’liqni saqlash uyushmasi vakili.
“Savollarga javob topish u yoqda tursin, savol berishga qo’rqib qolganmiz”.
Amerika konstitutsiyasi qurolga egalik huquqini kafolatlasa-da, 18-asrdan beri harbiy texnologiya qanchalik taraqqiy etgani e’tibordan chetda qolyapti. Bugun tepkini bosganda mo’ljalga to’xtovsiz o’q yog’dirish mumkin. Jismni tilka-pora qiladigan maxsus o’qlar bor.
“Odamlarga ko’proq ma’lumot berish kerak”, - deydi doktor Benjamin.
Uning fikricha, qurol xavfsizligi bilan bog’liq masalalar obdon o’rganilib, natija ommaga taqdim etilsa, tortishuvlar hal bo’ladi qo’yadi. Bunday jumboqlar bilan ham oldin ham yuzlashganmiz va bir yo’lini topganmiz, deydi u.
“Bahslashib, yoqalashib, baribir bir to’xtamga kelamiz. Oson bo’ladi demayapman. Lekin qo’limizdan keladi, bunga ishonchim komil. Boshqa yo’l yo’q”.