Suriyaning Kobani shahrida bugun ham janglar tinmayapti. "Islomiy davlat" jangarilari hujumlari davom etar ekan, ularga kurd jangchilari qarshilik ko'rsatmoqda.
Amerika boshchiligidagi koalitsiya mana bir oydan oshibdiki, ekstremist kuchlarni havodan nishonga olmoqda.
Iroq Kurdistonidan peshmerga askarlaridan 80 nafari bugun Turkiya orqali Kobaniga yetib borishi kutilmoqda. Yana 72 nafari chorshanba manzilga yetadi. Ular Kobani himoyasini mustahkamlashi kutilmoqda.
Turkiyaning o'zi harbiy amaliyotdan bevosita qatnashish, jang maydonida askar jo'natishdan tiyilib turibdi. Chunki Suriyada isyonchilar bilan kurashayotgan kurdlar Turkiyadagi Kurdiston ishchilar partiyasiga aloqador. Turkiyada istoqlol uchun kurashayotgan bu partiyani Anqara terrorchi tashkilot deb hisoblaydi.
Biroq Turkiya iroqlik kurd harbiylariga o'z hududi orqali Suriyaga o'tishga ruxsat berdi.
Qo'shni Iroqda ham koalitsiya havo hujumlarini amalga oshirayapti. Maqsad shimoliy va g'arbiy viloyatlarda yozdan beri o'rnashib olgan sunniy jangarilarni yer tishlatish.
Suriyadagi huquq faollarining aytishicha, Kobanida harbiy amaliyotlar boshlangandan beri 800 dan ziyod odam o'lgan. 500 nafari jangari, 300 dan oshig'i kurd jangchilari.