Breaking News

Roxinjalik qochqinlar bilan uchrashgan BMT rahbari vaziyatdan xavotirda


BMT bosh kotibi rahbarligidagi xalqaro delegatsiya Myanmadan endigina qochgan odamlar bilan suhbatlashmoqda
BMT bosh kotibi rahbarligidagi xalqaro delegatsiya Myanmadan endigina qochgan odamlar bilan suhbatlashmoqda

Bangladeshga borgan BMT Bosh kotibi Antoniu Guterrish, Jahon banki prezidenti Jim Yon Kim hamda BMTning Qochqinlar bo'yicha Oliy komissari Filippo Grandi Koks-Bazar hududida joylashgan qochqinlar lagerlarida bo'lib, roxinjalik qochqinlar ahvoli bilan tanishdi.

O'tgan yili qo'shni Myanmada harbiylar ta'qibi va amaliyotidan qochgan 700 mingdan ortiq odam ayni damda shu lagerlarda saqlanmoqda.

Guterrishning aytishicha, qochqinlar unga jinsiy zo'rlash va o'ldirish holatlari haqida dahshatli voqealarni so'zlab berdi.

"Ular adolat qaror topishini, uylariga qaytishni istashadi", - dedi BMT rahbari.

Kecha delegatsiya Bangladesh Bosh vazirasi Shayx Xasina bilan uchrashgan.

Qochqinlar qishloqlari yoqilgani, uylari o'marilib, vayron bo'lgani, harbiylar roxinjaliklarni qirgani, ular Bangladeshga qochgach, qaytib kelmasliklari uchun minalar o'rnatilgani haqida so'zlab berishgan.

Myanmadagi voqealar bo'yicha o'tgan hafta hisobotini taqdim etgan BMT tergovchisiga ko'ra, xalqaro hamjamiyat Birma hukumati va armiyasiga qarshi konkret chora ko'rmas ekan, bu davlatning o'z xalqiga qarshi zug'umi to'xtamaydi.

  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

Facebook Forum

XS
SM
MD
LG