Breaking News

Xeygl Rossiyani ochiq bosqinchilikda aybladi


AQSh Mudofaa vaziri Chak Xeygl Gruziyada, 7-sentabr, 2014-yil
AQSh Mudofaa vaziri Chak Xeygl Gruziyada, 7-sentabr, 2014-yil

AQSh Mudofaa vaziri Chak Xeygl Rossiyani Ukrainaga qarshi ochiq bosqin uyushtirganlikda aybladi. Bu haqda u Gruziyaga qilgan tashrifi davomida ma'lum qildi.

Shuningdek, "Xalqaro Amnistiya" tashkiloti e'lon qilgan bayonotda aytilishicha, Rossiya Ukrainada jang olib borayotganini ortiq inkor eta olmaydi.

Tbilisida Gruziya Mudofaa vaziri Irakli Alasania bilan uchrashgan Xeygl Rossiyaning Ukraina va Gruziyada olib borgan harbiy harakatlari mintaqa uchun katta xavf solishini ta'kidladi. Bu tahdidni AQSh va uning ittifoqchilari jiddiy qabul qilishi kerak, dedi u.

"Prezident Putinning mas'uliyatsizlik bilan amalga oshirayotgan xavfli harakatlari NATO va Gruziya o'rtasidagi aloqalarni chuqurlashtirishning naqadar muhim ekanini ko'rsatmoqda. Uning Qrimni noqonuniy qo'shib olishi hamda Rossiyaning sharqiy Ukrainada olib borayotgan davomiy harbiy kampaniyasi mintaqa barqarorligiga jiddiy xavf soladi. Uning xalqaro tan olingan Gruziya chegaralari ichida olib borgan harakatlari ham shunday bo'lgan edi", - dedi Xeygl.

AQSh Mudofaa vazirining Gruziyaga tashrifi uning olti kunlik xalqaro safari doirasida amalga oshirilmoqda. Xeygl o'tgan hafta Uelsda NATO sammitida ishtirok etgan edi. Shundan so'ng uning Gruziya va Turkiyada hukumat vakillari va harbiylar bilan uchrashuvi belgilangan.

AQSh-Gruziya va xalqaro hamkorlik - US-Georgia/International Coalition
Iltimos, kuting...

No media source currently available

0:00 0:02:56 0:00

  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

XS
SM
MD
LG