Breaking News

Ukraina armiyasi jiddiy yordamga muhtoj


Donetsk, Ukraina
Donetsk, Ukraina
Kiyev G'arbdan yordam so'radi, Makkeyn harbiy chora zarur deydi-Malik Mansur
Iltimos, kuting...

No media source currently available

0:00 0:03:26 0:00
Yuklab oling

Ukraina Rossiya bilan mojaroda G’arbdan yordam so'rayapti. Lekin harbiy yordam uzatilishi gumon, Yevropada aksariyat mamlakatlar pozitsiyasi shu. Yaqinda Kiyevda muzokara o’tkazgan AQSh senatori Jon Makkeyn G'arbni Rossiya agressiyasini to’xtatish uchun qat'iy chora ko’rmayotganlikda aybladi.

Kiyev va ayirmachilar o’rtasida sulh otishmalar to’xtamayotgani, qurbonlar berilayotganiga qaramay amalda qolmoqda.

Hukumat, Donetsk va Lugansk viloyatida mustaqil respublika e’lon qilgan ayirmachilar Yevropada xavfsizlik va hamkorlik tashkiloti vositachiligidagi tinchlik bitimini o’tgan hafta NATO sammiti ortidan imzolagan edi.

Mamlakatda kelishuvga ishonch o’ta zaif. Bosh vazir Arseniy Yatsenyuk so'zlariga ko’ra, shartnoma buzilgan taqdirda so’nggi chora tariqasida harbiy holat e’lon qilinishi mumkin.

“Tinchlik muzokarlari avvalgilaridek yakun topar ekan, bizda harbiy holat e'lon qilishdan boshqa chora qolmaydi. Bu degani, butun Ukrainada harbiylar boshqaruvi o’rnatliladi”, - deydi Yatsenyuk televideniyedagi intervyusida.

Ukraina matbuoti prezident Petro Poroshenkoning NATO a'zolari bilan harbiy yordam xususida kelishuvga erishilgani haqidagi bayonotini shubha ostiga olayapti. AQSh, Fransiya, Norvegiya, Italiya va Polshadan harbiy madad haqidagi ma’lumotlar ortidan raddiyalar kuzatilgan edi. Bu esa harbiy ko’makka doir shubhalarni yanada oshirgan.

O’tgan hafta Kiyevda muzokarlar o’tkazgan AQSh senatori Jon Makkeyin G’arbni Rossiya bosqini oldida ojizlikda aybladi. Uningcha, G’arb Vladimir Putinni Ukrainada to’xtatmasa, “Putinning ishtahasi ochilib” bu zo’ravonlik ertaga Boltiqbo’yi davlatlariga ko’chishi mumkin.

Senator so'zlariga ko’ra, Rossiya agressiyasiga qarshi turgan Ukraina armiyasiga qurol, razvedka, ayniqsa, tanklarga qarshi harbiy texnika zarur. Jurnalistlar savollariga javob bergan Makkeyn Ukrainada Amerika harbiy texnikasi qachon paydo bo’lishi mumkinligi haqidagi savollarga aniq javob bermadi, ammo bu yordamni qo'llab-quvvatlashga va’da berdi.

Ekspertlarning aytishicha, aksil-terror amaliyotidagi so’nggi jiddiy yo’qotishlar, Rossiya ayirmachilarni ochiq qo’llay boshlashi Ukraina armiyasini jiddiy harbiy yordamga muhtoj qilib qo’ygan.

“Ular (Yevropa davlatlari) Ukrainaga harbiy yordam ko’rsatish masalasini bu Rossiyani g’azablantirishi va mintaqadagi vaziyatni yanada keskinlashtirishi mumkinligi bilan kechiktirib kelishmoqda, lekin haqiqatda bu juda noto’g'ri xulosa”, - deydi ukrainalik ekspert Xagani Guseynov.

Hukumat va ayirmachilar ortasida imzolangan bitimga muvofiq, harbiy asirlar almashilmoqda. Tinchlik bitimi bo'yicha navbatdagi muzokarlar yaqin kunlarda o’tishi rejada.

  • 16x9 Image

    Malik Mansur

    Malik Mansur Toshkent Davlat Universitetini (hozirda O'zbekiston Milliy Universiteti) bitirgan. Professional jurnalist. Bu sohada 1990-yilardan beri ishlab keladi. O'zbekistonda qator nashrlarda faoliyat yuritgan. "Amerika Ovozi bilan 2002-yildan buyon hamkorlik qilib keladi. Vatandagi siyosat, iqtisod va ijtimoiy hayotni yoritadi.
     

XS
SM
MD
LG