Breaking News

Harriyet – kishandan ozod bo’lgan ayol haqida yangi film


"Harriyet" - qullikda tug'ilgan ayol hikoyasi katta ekranda
Iltimos, kuting...

No media source currently available

0:00 0:03:50 0:00

Gollivudda qullik haqidagi badiiy filmlar AQShda kino sanoati paydo bo’lganidan beri ishlanadi. Ammo so’nggi yillarda yondashuv biroz o’zgardi. Filmlar ulardagi bosh qahramonlar, qullar nuqtai nazaridan va ularning kechinmalari asosida hikoya qilinmoqda. Yaqinda ekran yuzini ko’rgan “Harriyet” kartinasi qullikdan qochib, boshqalarga ham yordam bergan ayol haqida.

Filmda qullikdagi yosh ayolning kishandan ozod bo’lgani ko’rsatilgan. Harriyet Tabman, bosh qahramon, Merilenddagi plantatsiyadan qochib, Filadelfiyagacha yuzlab kilometr yo’lni bir o’zi bosib o’tadi.

U 19-asr o’rtalarida Yerosti temir yo’li nomi bilan tanilgan tizim orqali qullarga shimolga qochishga yordam bergan.

U o’zi kabi qullarni, jumladan oilasini qullikdan ozod qilish uchun 13 marta borib qaytgan.

Harriyet rolini Sintiya Erivo ijro etgan
Harriyet rolini Sintiya Erivo ijro etgan

Rejissor Kasi Lemmons Harriyet Tabman hikoyasini yoritadigan davr keldi, deydi.

“Kuchli, mardona, aniq bir maqsadga ega ayollar haqida kartinalar yaratadigan payt hozir. Ayollikni nishonlaydigan, Amerika qahramonlarini, ularning jasorati, faollarni ulug’laydigan davr”, - deydi Lemmons.

Qullar kechinmalari prodyuser Stiv Makvinning “Qullikdagi 12 yil”, shuningdek, Neyt Parkerning “Millatning tug’ilishi” kartinalarida ham yoritilgan.

“Harriyet” – ayol qul siymosiga bag’ishlangan birinchi kartina. Harriyet rolini Sintiya Erivo ijro etgan.

“Harriyetning ayollik qirralari yoritilgan, faqatgina qahramon sifatida emas. Uni ko’rganda ayolni ko’rasiz. Mashaqqatlarni yenga olgan, taslim bo’lmagan ayolni”, - deydi aktrisa.

Harriyetning dadil, qat’iyatli yosh ayol obrazi olqishlarga sazovor bo’ldi. Ammo tanqidlar ham yo’q emas. Masalan, “Twitter” foydalanuvchilari “Bizning Harriet emas” xeshtegi ostida afro-amerikalik qahramon roliga britaniyalik aktrisa tanlanganini qoralashdi.

Film, shuningdek, ozodlikka intilgan qora tanlilar va ularni qutqargan oq tanlilar xayoliy qahramonlar g’oyasi ostida ishlangan, deya tanqidga uchramoqda.

Jorj Meyson universiteti professori Richard Kreyg fikricha, “oq tanli xaloskor” mavzusi o’ta nozik masala bo’lgani uchun kartina o’z mohiyatini yo’qotib qo’yishi mumkin.

“Amerika tarixining faxrlanib bo’lmaydigan sahifalarini, shunday nozik mavzudagi hikoyalarni yetkazishdagi tabiiy jarayon bu. Qullar taqdirini qanday yoritish, mavzuga qanday yondashishni jamiyat sifatida doim muhokama qilamiz”, - deydi Kreyg.

Tanqidlarga qaramasdan, “Harriyet” kartinasi premyeranining birinchi haftasidayoq 12 million daromad qilgan.

  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

Facebook Forum

XS
SM
MD
LG