Breaking News

Xarriet Tabman - quldorlikka qarshi kurashgan ayol


Quldorlikka qarshi kurashgan ayollar
Iltimos, kuting...

No media source currently available

0:00 0:03:20 0:00

Quldorlikka qarshi kurashgan ayollar

Amerika bosh qomusiga 150 yil oldin kiritilgan o’zgartirishga binoan quldorlik tizimi tugatilgan. Unga qarshi kurashgan insonlarning xizmati beqiyos. Xarriet Tabman, Merilend sharqidagi fermada qullikda tug’ilgan ayol, ana shunday mard insonlardan.

Xarriet Tabman qullarni ozod qilish yo’lida qilgan ishlarini yosh avlod bilishi va esda tutishi kerak.

“U ushlagan joyini qo’yib yubormas edi. Biror qulni ozod qilmoqchi bo’lsa, bunga erishmaguncha tinchimagan”, - deydi Donald Pinder. U Merilend shtatida Xarriet Tabman muzeyiga kelgan mehmonlarga tarixdan saboq berayapti. Xarriet 1849-yilda shu atrofdagi fermadan, mashaqqatlardan qochishga muvaffaq bo’lgan.

“U oddiy savollar berishga jur’at qilgan. Nima uchun qulmiz? Nima uchun boshqalar erkin yashayapti, biz esa yo’q?” - deydi Pinder.

Filadelfiya shahriga yetib borgan Xarriet Tabman “Pinhona yo’l” nomli maxfiy tizimga qo’shilgan. Yashirin bu yo’llardagi xilvat uylarda qochqin qullar jon saqlar edi. Janubdan bosh olib shimolga ketayotgan qullarni panohiga olgan joylar edi.

“Xarriet 18 marotaba u yoki bu oilaning a’zosini ozodlikka chiqara olgan. Boshqa qullarga maslahatlar bilan yordam berdi va ular ham erkinligini qo’lga kirita oldi”, - deydi Pinder.

Sayyohlardan biri Anjela Xorsi eshitgan, ko’rganlaridan hayajonda:

“Xarriet Tabman barcha qullarga namuna bo’lgan deb o’ylayman. Ajoyib inson bo’lgan ekan”.

Jay Meredit muzey xodimi. Tabman haqida gapirib charchamaydi:

“U juda tirishqoq ayol bo’lgan. Osmondagi yulduzlarga qarab yo’lni topib borgan, o’rmonlarni, botqoqliklarni yaxshi bilgan. Shuning uchun ham ko’plarga yordami tekkan”.

Bugun Jay Mereditga qarashli bu imorat oldin do’kon bo’lgan. Tabman bu do’kon egasining buyrug’iga, qochoq qulni qidirgin degan gapiga bo’ysunmagan.

“Xarriet Tabman - haqiqiy qahramon. Bunga shubha yo’q. Aynan mana shu do’konda ayol qullikka qarshi kurashni boshlagan. Shuning uchun ham imoratni xarid qilib, asl holicha saqlab kelajak avlodlarga yetkazishga qaror qildik”, - deydi Meredit.

Yaqin atrofda esa Xarriet Tabman xotirasiga bag’ishlagan istirohat bog’i ham barpo etilishi rejada. Qora tanli ayolga atalgan ilk milliy bog’ bo’ladi.

  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

XS
SM
MD
LG