Breaking News

Prezident Obama yurtdoshlaridan VICh ko'rigidan o'tishni so'ramoqda


Prezident Obama yurtdoshlaridan VICh ko'rigidan o'tishni so'ramoqda
Prezident Obama yurtdoshlaridan VICh ko'rigidan o'tishni so'ramoqda

Bugun Amerikada imminutet taqchilligi virusi (VICh) ga qarshi kurash kuni.

Prezident Barak Obama Obama yurtdoshlarini tibbiy ko'rikdan o'tishga chaqirmoqda.

"Virusga yo'liqqan har besh amerikalikdan biri bu baloga mubtalo bo'lganini bilmaydi",- deydi Obama tibbiy tekshiruv natijalariga ishora qilib.

Virusga qarshi vaqtida chora ko'rilmasa, bu Orttirilgan Immunitet Taqchilligi Sindromi (SPID) ga aylanib, o'limga yetaklashi mumkin. Kasallik ilk marta aniqlanganiga 30 yil bo'ldi va shu kungacha undan 600 mingga yaqin amerikalik jon bergan. 1 milliondan ziyod fuqaro uning asoratlari bilan yashamoqda.

Jahon bo'ylab Orttirilgan Imminutet Taqchilligi Sindromidan 30 millionga yaqin odam o'lgan va taxminan 34 million kishi bugun virus bilan olishmoqda.

Sharqiy Yevropa va Markaziy Osiyoda bir yarim million bemor bor.

BMTning ogohlantirishicha, O’zbekiston bu borada mintaqada birinchi o’rinda, bemorlar soni rasmiy hisoblarga ko’ra, 16 ming, mustaqil xalqaro tashkilotlar taxminicha esa 30 ming.

Sharqiy Yevropa va Markaziy Osiyoda bir yarim million bemor bor.

  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

XS
SM
MD
LG