Breaking News

Richard Xolbruk, "buldozer" diplomat, usta muzokarachi edi


Xolbruk afg’on prezidenti Hamid Karzay bilan til topishishga qiynaldi. “Hukumatingiz korrupsiya botqog’ida, atrofingizga kallakesar, yulg’ich va qoradori savdogarlarini to’plab olgansiz” degan gaplari Karzayga qattiq botgan.
Xolbruk afg’on prezidenti Hamid Karzay bilan til topishishga qiynaldi. “Hukumatingiz korrupsiya botqog’ida, atrofingizga kallakesar, yulg’ich va qoradori savdogarlarini to’plab olgansiz” degan gaplari Karzayga qattiq botgan.

AQShning Afg’oniston va Pokiston bo’yicha maxsus vakili Richard Xolbrukning kutilmaganda olamdan o’tgani Vashington uchun masalani yanada murakkablashtiradi. 69 yoshli rasmiy 13 dekabr kuni yurak xastaligidan jon berdi.

Janubiy Osiyoga nisbatan bugungi siyosat ortida mana shu diplomat turgan edi. Afg’on urushini qanday tugatish haqida gap ketganda, Xolbrukning o’rni nihoyatda bilinadi, deydi siyosiy tahlilchilar.

Richard Xolbruk gapning po’stkallasini aytadigan, gumon va taxminlarni chetga surib, faktlarga asoslangan holda ish yuritadigan, o’ziga xos o’jarligi, o’zboshimchaligi bilan tanilgan arbob edi.

Vashingtonda unga “buldozer” deb bekorga laqab qo’yishmagan. Uddaburon diplomat 1995 yilda serb, bosniyalik va xorvatlarni tinchlik bitimi imzolashga ko’ndirib, Bolqon yarimorolidagi qonli urushga yakun yasagan.

Mintagaqa tez-tez safar qilgan Richard Xolbruk “afg’onlarni hech narsa qilishga majburlay olmaymiz”, der edi. "Masalani harbiy yo'l bilan hal eta olmaymiz",- degan u.
Mintagaqa tez-tez safar qilgan Richard Xolbruk “afg’onlarni hech narsa qilishga majburlay olmaymiz”, der edi. "Masalani harbiy yo'l bilan hal eta olmaymiz",- degan u.

Usta muzokarachi Afg’oniston va Pokistondek murakkab tuzumlar bilan shug’ullanish uchun bejiz tanlanmagan. Uzoq yillik mojarolar balki shu arbob hissasi bilan poyoniga yetar deya umidlar bog’langan edi.

“Amerika diplomatiyasining yorqin yulduzi, o’tkir professional bo’lgani, sobiq Yugoslaviyada tinchlikni tiklash ishlarida behisob hissa qo’shgani, BMTda AQSh elchisi sifatida xalqaro hamjamiyat bilan yaqindan ishlay olgani va dunyo ahlining ishonchini qozona olgani sabab ham Richard Xolbruk Afg’oniston bilan ishlaydigan bosh rasmiy etib tayinlangan edi”, - deydi AQSh Mudofaa Universiteti professori Larri Gudzon.

Xolbruk Afg’onistonda tinchlikka erishish uchun o’tgan ikki yil mobaynida nimalar qilishga ulgurdi? Amerika siyosatini oydinlashtirdi, deydi sharhlovchilar.

Davlat kotibining sobiq muovini Teresita Shaffner fikricha, Xolbruk Afg’onistonda vaziyat naqadar chigal ekanini va dushman bilan murosa qilish yo’llari deyarli yopiq ekanini tushunar edi.

Bolqon yarimorolida kim kim bilan urushayotgani aniq edi. Etnik guruhlarning yetakchilari bilan gaplashsa bo’lar edi. Afg’onistonda, Amerika nazarida, asosiy dushman bu terrorchilar – Tolibon va al-Qoida. Ular bilan bir davrada o’tirib muzokara qilish deyarli mumkin emas.

Uddaburon diplomat 1995 yilda serb, bosniyalik va xorvatlarni tinchlik bitimi imzolashga ko’ndirib, Bolqon yarimorolidagi uzoq qonli urush nihoyat tugagan.
Uddaburon diplomat 1995 yilda serb, bosniyalik va xorvatlarni tinchlik bitimi imzolashga ko’ndirib, Bolqon yarimorolidagi uzoq qonli urush nihoyat tugagan.

Richard Xolbruk “afg’onlarni hech narsa qilishga majburlay olmaymiz”, der edi.

Bu xalq kelajagini ularning o’zlari hal qilishi kerak, o’z xavfsizligini o’zi ta’minlashga o’rganishi lozim, degan Xolbruk. Shu bois ham uning yetakchiligida Amerika urushdan tinkasi qurigan mamlakatni qayta tiklash, yangi tizimlar barpo etish, ta’lim va mudofaani mustahkamlash uchun yordamni oshirdi.

Afg’onistonni qayta qurish uzoq vaqt oladi, der edi Xolbruk, Amerika bunga tayyor turishi, u qo’llab-quvvatlayotgan hukumat bilan ochiq va samimiy muloqot qila olishi kerak.

Lekin diplomatning o’zi afg’on prezidenti Hamid Karzay bilan til topishishga qiynaldi.

“Hukumatingiz korrupsiya botqog’ida, atrofingizga kallakesar, yulg’ich va qoradori savdogarlarini to’plab olgansiz” degan gaplari Karzayga qattiq botgan.

Ayniqsa Xolbruk 2009 yildagi prezident saylovlarini adolatsiz o’tdi deb bayon qilgach, tomonlar gaplashmay ham qo’ygan.

Bosh diplomatning bunday "keskin" yondashuvi Oq Uyni tashvishga solib, prezident Barak Obamaning maslahatchilari, balki Xolbrukni ishdan olish kerakdir degan takliflar bilan ham chiqqan.

Lekin Davlat kotibasi Xillari Klinton, Xolbrukning uzoq yillik safdoshi va yaqin do’sti, Obamani bunday qilmaslikka undab, diplomatga chuqur ishonch bildirgan.

Richard Xolbruk, "buldozer" diplomat, usta muzokarachi edi
Richard Xolbruk, "buldozer" diplomat, usta muzokarachi edi

“Bu Richard Xolbruk, kim bo’lishingizdan qat’iy nazar ko’zingizga tik qarab, ko’nglidagi gapini aytadi, orqangizdan emas, yuzingizga gapiradi”, - degan Xillari Klinton.

AQSh keksa diplomati Genri Kissenjer so’zi bilan aytganda, “Xolbruk sizdan bir narsa so’radimi, xo’p deng, chunki u sizni baribir ko’ndiradi, lekin ko’ndirgunicha joningizni oladi”.

Ba’zi siyosatdonlar nazarida ko’pchilik Xolbrukdan hayiqqani uchun ham unga Davlat kotibi lavozimi buyurmadi. Diplomat uchun eng muhimi muammoni hal etish edi. “Atrofdagi hammani rozi qila olmaysiz, vaqt zoye ketadi, arzimaydi”, - der edi u.

“Richard Xolbruk mehnati bilan Afg’oniston va Pokistondagi elchixonalarimizning ishi yaxshilandi”,- deydi tahlilchi Larri Gudzon.

“Diplomatlarimiz ishiga o’zgacha mas’uliyat bilan yondasha boshladi. Ishi qanchalik muhim ekanini anglab yetdi”.

Xolbruk juda sinchkov odam edi, deydi sobiq rasmiy Teresita Shaffner. Afg’oniston va Pokiston bilan bog’liq har bir masalaning u yog’idan kirib bu yog’idan chiqar edi. Har bir dollar nimaga sarflanayotgani, bu davlatlar uchun ajratilgan mablag’ nima samara bergani haqida tinimsiz so’rar, odamlarni javobgarlikka tutar edi.

Richard Xolbruk, "buldozer" diplomat, usta muzokarachi edi
Richard Xolbruk, "buldozer" diplomat, usta muzokarachi edi

Safdoshlarining ta'kidlashicha, odamlar Xolbrukni manman, egoist deb baholasa-da, ishining natijasini ko’rib qoyil qolishardi.

O’z vazifasini yaxshi tushungani bois qo’l ostidagi har bir diplomatdan ham shuni kutar, siyosatni amalga oshirish gap sotish emas, amalda konkret ishlar qilish ekanini eslatib turar edi.

Mana shu jihatlari uchun ham Richard Xolbruk Afg’oniston va Pokiston rahbarlariga uncha ma’qul bo’lmagan. Terrorizmga qarshi kurashish uchun o’zingiz nima qilayapsiz deb so’rayverib, ularning nafsoniyatiga, g’ururiga tekkan. Tolibonni Pokiston hukumati zimdan quvvatlab keladi deya baralla aytgani rasmiy Islomobodni g’azablantirgan.

Lekin Hamid Karzay ham, Pokiston prezidenti Osif Ali Zardariy ham Richard Xolbrukni kuchli muzokarachi va usta diplomat deya tilga olib, usiz Janubiy Osiyoda tinchlikka erishish yanada qiyinlashadi deya ta’kidlamoqda.

Prezident Obama Xolbrukning o’rniga kimni maxsus vakil etib tayinlashi hozircha noma’lum.

  • 16x9 Image

    Navbahor Imamova

    Navbahor Imamova - "Amerika Ovozi" teleradiosining yetakchi multimedia jurnalisti. "Amerika Manzaralari" turkumidagi teledasturlar muallifi. Ko'rsatuvlar taqdim etish bilan birga prodyuser, muxbir va muharrir. O'zbekistonda akkreditatsiyadan o'tgan yagona amerikalik jurnalist. "Amerika Ovozi"da 2002-yildan beri ishlaydi. Jurnalistik faoliyatini 1996-yilda O'zbekiston radiosining "Xalqaro hayot" redaksiyasida boshlagan. Jahon Tillar Universiteti Xalqaro jurnalistika fakultetida dars bergan. Ommaviy axborot vositalari bo'yicha bakalavrlikni Hindistonning Maysur Universitetidan (University of Mysore), magistrlikni esa AQShning Bol Davlat Universitetidan (Ball State University) olgan. Shuningdek, Garvard Universitetidan (Harvard University) davlat boshqaruvi va liderlik bo'yicha magistrlik diplomiga ega. Jurnalistik va ilmiy materiallari qator xalqaro manbalarda chop etilgan. Amerikaning nufuzli universitetlari va tahlil markazlarida so'zlab, ma'ruzalar o'qib keladi. "Amerika Ovozi" oltin medali sohibi. Tashkilotda gender va jurnalistika bo'yicha kengash raisi. Toshkent viloyati Bo'stonliq tumani Qo'shqo'rg'on qishlog'ida ziyoli oilasida ulg'aygan.

    Navbahor Imamova is a prominent Uzbek journalist at the Voice of America. As anchor, reporter, multimedia editor and producer, she has covered Central Asia and the U.S. for more than 20 years on TV, radio and online. Since 2018, she has also been reporting from inside Uzbekistan as the first-ever U.S.-based accredited correspondent in the country. During 2016-2017, she was a prestigious Edward S. Mason Fellow in public policy and management, while earning her Mid-Career Master in Public Administration at Harvard University’s John F. Kennedy School of Government. Navbahor played a pivotal role in the launch of Uzbek television programming at VOA in 2003, and has since presented more than 1000 editions of the flagship weekly show, “Amerika Manzaralari” (Exploring America), which covers American foreign policy focusing on Washington’s relations with Central Asia, as well as life and politics in the U.S. She speaks frequently on regional issues in Central Asia, as well as Uzbek politics and society, for policy, academic, and popular audiences. Her analytical pieces have been published in leading academic and news outlets including Foreign Policy, The National Interest, and the Atlantic. Navbahor also is the founding President of the VOA Women’s Caucus. She began her career at Uzbekistan’s state broadcasting company in Tashkent. She holds a Bachelor of Arts in journalism and mass communication from the University of Mysore, India and a Master of Arts in journalism from Ball State University, Indiana.

XS
SM
MD
LG