Breaking News

Gollivudda jinsiy tenglik uchun kurash davom etadi


“Men ham” (#MeToo) va “Toqatimiz toq” (#TimesUp) harakatlari boshlangandan beri kino sanoatida o’zgarishlar sezilarli. Kartinalarda ayol qahramonlarning asosiy rollarga tanlanib, syujetlar xotin-qizlar mavzulariga ba’gishlanayotganini kuzatish mumkin. Shunga qaramasdan, faollar fikricha, Gollivudda tenglik va adolatga erishish uchun hali qiladigan ishlar ko’p.

“Mo’jizakor ayol”(Wonder Women), “Vaqtdagi tuynuk”(A Wrinkle in Time), “Ehtiros vasvasasi”(The Beguiled) kartinalari ijodkorlari va bosh qahramonlar ham ayollar.

Xotin-qizlarga ta’lluqli syujetlar “#MeToo”(Men ham) jinsiy tajyiqqa qarshi harakati ortidan ko’paydi. Jorj Meyson universiteti professori Liza Kok ayollarlar birlashayotganini, harakat shakllanganini aytadi.

“Gollivudda “Men ham” harakati 300 ayol bilan boshlangan edi. Hozir qishloq xo’jaligi va boshqa turli sohalardan xotin-qizlar qo’shilib, 700 mingga yetdi. Birinchi 60 kun ichida 21 million dollar yig’ilgan”, - deydi u.

Gollivudda mavqe’ga ega ayol rejissyorlar, mashhur aktrisalar tazyiqqa uchragan ayollarni qo’llab-quvvatlayapti. Ular ijtimoiy, iqtisodiy sohalarda jabr ko’rganlar nomidan so’zlamoqda. Masalan, “Oskar” sovrindori Jeyn Fonda qishloq xo’jaligidagi ayollar huquqini himoya qilib, AQSh Kongressida gapirgan.

“Xotin-qizlar ish joyida jinsiy tajovuzlardan holi, adolatli, xavfsiz ishlashi, umuman ayol ishchilarga tazyiqqa kurashishda iqtisodiy va jinsiy muammolar o’zaro bog’langan. Har bir sohada tenglik va adolatga erishish uchun birlashishimiz kerak”, - deydi u.

Aktrisa va faol Shannon Li deydiki, kino sanoatida rahbar ayollar sahna ortida xotin-qizlarga ko’proq ish o’rinlari, erkaklar bilan teng ish haqi va boshqa imkoniyatlar taklif qilmoqda.

“Rejissyor Ava Duvernay uchun, rassomlar jamoasi va syujet tarqatuvchilar, rejissyorlar ayol bo’lishini shart”, - deydi u.

Xotin-qizlarga tajovuzkorlik shunchalar ildiz otganki, Shannon Lining vaziyat bir kechada o’nglanishiga ko’zi yetmaydi.

“Kuch-qudratga egalik qilishda muvozanat yo’qolishi, zo’ravonlik keltiradi”, - deydi u.

“Kino sanoatidagi 18 foiz rejissyor, prodyuser, yozuvchi, kinematograflar ayollar”, - deydi Liza Kok.

Bu ikki ayolning maqsadi 2020-yilga borib Gollivudning 50 foiz ijodkorlari ayollar bo’lishiga erishish.

Vashingtondagi Ayollar huquqi milliy markaziga diskriminatsiya va jinsiy tajovuz masalasida minglab odam murojaat qiladi. Markazning huquqiy maslahatchisi Suni Chandi har ikkala chiqish, “Men ham” va “Toqatimiz toq” (#Time’sUp) harakatlari tajovuzga qarshi qonuniy chora ko’rishga yetakladi. Masalan, komediya ustasi Bill Kosbi qilgan shilqimligi uchun jinoiy javobgarlikka tortildi.

“Erkaklar egallagan ish o’rinlarini ayollarga berish uchun jon kuydiryapmiz”, - deydi Sunu Chandi.

Chandining nazarida xotin-qizlarni huquqiy qo’llab-quvvatlashda siljish kuzatilsa-da, Gollivuddami, daladami yoki ayollar ishlaydigan har qanday korxonada hali qiladigan ish ko’p.

  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

Facebook Forum

XS
SM
MD
LG