Breaking News

Himsda o’nlab isyonchi halok bo’lgan


Suriya
Suriya
Suriyada, faollar va davlat matbuotining bildirishicha, o’nlab isyonchilar Himsdan qochayotib halok bo’lgan. Shahar armiya qurshovida qolayotgan edi.

Sana axborot agentligi izohiga ko’ra, armiya 37 kishini o’ldirgan. Hukumat o’lganlarni terrorchi deya ta’riflayapti.

Bu orada, Britaniyada asoslangan kuzatuv guruhi chorshanba va payshanba kunlari shiddatli olishuvlarda kamida 45 isyonchi halok bo’lganini ma’lum qilayapti.

Armiya orasida talofatlar bormi-yo’qmi, aniq emas.

Prezident Bashar al-Assadga sodiq kuchlar mamlakatdagi eng yirik shaharlardan bo’lgan Himsni bir necha oydan beri qamal qilib keladi.

Shahar hukumatga qarshi isyonning o’choqlaridan sanaladi.

Isyonchilar o’z navbatida tarqoq. G’arbga xayrixoh guruhlar va radikal diniy bo’linmalar o’zaro kurashmoqda.

Suriya muxolifatida ekstremistlar soni qancha?
Iltimos, kuting...

No media source currently available

0:00 0:02:54 0:00
  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

XS
SM
MD
LG