Gonkong ma’muriyati COVID-19 pandemiyasi tarqalishining oldini olish maqsadida xorijlik sayyohlar va chet eldan qaytayotgan fuqarolarining 14 kunlik majburiy karantinga rioya qilishini nazorat etish maqsadida ularning bilagiga maxsus monitor taqmoqda.
Karantin fevral oyida e’lon qilingan, 14-martdan boshlab esa bilak monitorlari joriy etilgan.
Mahalliy rasmiylarning aytishicha, Gonkongda virus tarqalishiga asosan xorijdan kelayotgan odamlar, xususan Yevropaning kasallik keng tarqalgan mamlakatlari va AQShdan qaytgan gonkonglik talabalar sabab bo’lgan.
Majburiy karantin paytida uyda yoki o’z hisobidan mehmonxonada turish mumkin.
Xalqaro aeroportga uchib kelayotgan har bir yo’lovchining bilagiga nazorat monitori taqilmoqda.
Agar karantindagi odam uy yoki mehmonxonani tark etsa, uning telefoniga ortga qaytish buyrug’i bitilgan xabar tushadi. Sog’liqni saqlash vazirligi va politsiya bundan xabardor etiladi.
Karantindagi odam tartibga rioya qilayotganini tasdiqlab turishi uchun bilagidagi monitorni suratga olib yuborishi kerak bo’ladi. Aks holda politsiya chora ko’rishi mumkin.
Ko’plab mamlakatlarda karantin qoidalarini buzgan odamlarga jarima solinadi va hatto jinoiy modda qo’llaniladi.
Facebook Forum