Breaking News

HRW Afg'oniston rahbariyatini jurnalistlarni himoya qilishga chaqirmoqda


A fan sporting Brazil's colors is seen in the stands during a women's preliminary volleyball match between Brazil and Cameroon at the 2016 Summer Olympics in Rio de Janeiro, Brazil, Aug. 6, 2016.
A fan sporting Brazil's colors is seen in the stands during a women's preliminary volleyball match between Brazil and Cameroon at the 2016 Summer Olympics in Rio de Janeiro, Brazil, Aug. 6, 2016.

Inson huquqlari bilan shug'ullanuvchi AQShning "Human Rights Watch" tashkiloti Afg'oniston hukumatini jurnalistlar va matbuot erkinligiga hujumlarni qoralashga, so'z erkinligini himoya qilishga chaqirmoqda.

Guruhning bugun chop etilgan hisobotida jurnalistlarga nisbatan hujumlar, do'q-po'pisalar, tahqirlashlar tergov qilinmay, aybdorlar jazosiz qolayotgani tilga olinadi. Natijada, bunga qo'l urganlar hukumat, xavfsizlik kuchlari va jamiyatdagi boshqa nufuzli idoralarga nisbatan tanqidlarni bostirishda davom etmoqda, deyiladi hisobotda.

Unga ko'ra, Tolibon jurnalistlarga hujum qilib, qo'rquvni kuchaytirmoqda. Bu esa korrupsiya, ayollarga qarshi zo'ravonliklar, inson huquqlarining toptalishi haqida yozayotgan muxbirlarni o'zini o'zi senzura qilishga majburlamoqda.

"Human Rights Watch" Prezident Ashraf G'anini jurnalistlarni himoya qilishga, aybdorlarni jazolashga chaqirmoqda.

Xabarlarga qaraganda, 2014-yilda jurnalistlar undan oldingi yilga qaraganda 64 foizga ko'proq hujumga uchragan. Tolibon G'arb qadriyatlarini ulug'lagan jurnalistlarning jazolanishi haqida ogohlantirgan.

  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

XS
SM
MD
LG