Breaking News

AQSh Toshkentdagi elchixonasi xodimini huquq bobida mukofotladi


Inson huquqlari tahdid ostila qolayotgan bir paytda, erkinlik, huquq va demokratiyani himoya qilayotgan bu insonlar hammamizga namuna, deydi AQSh davlat kotibi muovini Vilyam Berns
Inson huquqlari tahdid ostila qolayotgan bir paytda, erkinlik, huquq va demokratiyani himoya qilayotgan bu insonlar hammamizga namuna, deydi AQSh davlat kotibi muovini Vilyam Berns

Amerika Tashqi ishlar vazirligi inson huquqlari va demokratik qadriyatlar yo’lida jasorat ko’rsatgan to’rt arbobni mukofotladi. Ular orasida AQShning Toshkentdagi elchixonasi xodimi ham bor.

Qo’shma Shtatlar inson huquqlarini ustuvor masalalardan biri deb biladi.

Qator davlatlarda bu nodir ne’mat hamon tahdid ostida, deydi AQSh rasmiylari. Shunday ekan, bu qadriyat himoyasi yo’lida ter to’kkan shaxslar mukofotga loyiq.

Sovrindorlar orasida kubalik faol ayollar bor. O’zini “Oq libos kiygan ayollar” deya tanitgan bu guruh siyosiy mahbuslarni ozod qilishga bel bog’lagan. Ular siyosiy mahbuslarning yaqinlari. Qo’shma Shtatlar bu xotin-qizlarni qo’llab-quvvatlab, jasur vakila Juliya Nunyezga (Julia Nunez) mukofotni topshirdi.

AQShning Iordaniyadagi elchisi Stiv Bikroft (Steve Beecroft) ham g’oliblar qatorida. “Ayollar, bolalar, nogiron kishilar, elatlar va din vakillarini himoyasiga olgan bu arbob, hamkasblar uchun namuna”, - deydi AQSh davlat kotibi muovini Vilyam Berns.

AQShning Toshkentdagi elchixonasi xodimasi Xolli Lindkvist Tomas (Holly Lindquist Thomas) ham huquq bobida jonbozlik ko’rsatgan. U O’zbekiston hukumatini savolga tutib, tadbirkor va muxolifat yetakchisi Sanjar Umarovni qamoqdan olib chiqishga hissa qo’shgan.

Davlat departamentining Inson huquqlari bo’yicha mukofoti sohibasi Xolli Tomas mamlakatda bolalar ekspluatatsiyasi yuzasidan izlangan faol.

Yana bir sovrindor Kristian Marchant (Christian Marchant) Amerikaning Vyetnamdagi elchixonasi rasmiysi. U ta’qibdagi siyosiy arboblar, qamoqqa olingan muxolifatchilar himoyasi yo’lida kurashib keladi. Hukumatni inson huquqlari borasida muloqotga jalb etgan ham Kristian Marchant.

  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

XS
SM
MD
LG