Breaking News

"Safsataboz rahbarlar hokimiyatga kelishi inson huquqlariga tahdid"


"Iqrchilik, islomofobiya, nafrat, immigrantlarni chiqishtirmaslik siyosati avjida. Dunyo qora o'tmishga qaytishi hech gapmas", - deydi Kennet Rot.
"Iqrchilik, islomofobiya, nafrat, immigrantlarni chiqishtirmaslik siyosati avjida. Dunyo qora o'tmishga qaytishi hech gapmas", - deydi Kennet Rot.

O'tgan 2016-yilda populizm inson huquqlariga asosiy tahdid deya baholandi. Inson huquqlari bo'yicha "Human Rights Watch" tashkiloti o'z hisobotida shunday xulosa qiladi. Hujjatda Amerika va jahondagi saylovlar, qochqinlar tanazzuli, agitator-demagoglarning hokimiyatga kelishi kabilar tilga olinadi.

687 sahifalik hisobotda 90 dan ziyod davlatdagi ahvol tahlil qilingan. Populist arboblar, va'da bilan ommani aldaydigan, safsataboz rahbarlar hokimiyatga kelishi inson huquqlariga tahdiddir, deydi Kennet Rot, tashkilot rahbari.

"Iqrchilik, islomofobiya, nafrat, immigrantlarni chiqishtirmaslik siyosati avjida. Dunyo qora o'tmishga qaytishi hech gapmas", - deydi Kennet Rot.

Terror hujumlari avj olishi oqibatida qo'rquv va shubha hissi kuchaygan. Natijada xalq orasida hukumatlar bizni unutdi, degan kayfiyat oshgan. Bundan esa muayyan toifadagi siyosatchilar foydalanmoqda.

"Donadl Trampning hokimiyatga kelishi ana shuning isbotidir. Migrantlarni chetlashtirib, qochqinlarni qoralab, jinsiy tajovuz haqidagi ayblovlarni pisand qilmay, ayollarni behurmat qildi u", - deydi Rot.

Lekin Tramp nazarida u xalq Obamadan hafsalasi pir bo'lgani uchun g'alaba qozondi. Kennet Rotning aytishicha, dunyoning boshqa davlatlarida ham o'xshash manzara kuzatilmoqda.

"Fransiyada Marin Le Pen, Niderlandiyada Girt Vilders... Britaniyaning Yevropa Ittifoqidan chiqishi yana bir misol. Vengriyada Viktor Orban, Polshada Yaroslav Kachinski kabilarning davri keldi. Germaniya, Gretsiyada o'ng qanot siyosatchilari vaziyatdan foydalanmoqda", - deydi "Human Rights Watch" rasmiysi.

Xalqaro hayot - 13-yanvar, 2017-yil
Iltimos, kuting...

No media source currently available

0:00 0:06:38 0:00

  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

XS
SM
MD
LG