Breaking News

AQShga kelish uchun hayotini xavf ostiga qo'yayotganlar ko'p


Muhojirlik - xavfli safar
Iltimos, kuting...

No media source currently available

0:00 0:02:10 0:00

Markaziy Amerikadan o’n minglab yoshlar AQShga noqonuniy kirib kelar ekan, ularning safari hayot va sog’liqlari uchun xavf-xatarlarga to’la.

Masalan, 16 yashar gonduraslik Rikardo Reyes AQShga kelaman deb oyog’idan ayrildi.

Sakkiz yoshli Ramirez Ramos esa Amerikaga ketganicha g’oyib bo’ldi.

Bu ikki misol Meksika orqali AQSh chegarasigacha bo’lgan bir oylik safarning qanchalar xatarli va og’ir ekanini ko’rsatadi.

“Otamga yordam berish uchun, ularni qashshoqlikdan qutqarib, uyimizni ta’mirlayman deb ketgan edim”, - deydi Rikardo Reyes.

Uning aytishicha, Meksikada yuk poyezdiga osilib chiqib olaman deganda falokat yuz berdi. Muvozanatini yo’qotib yiqilib tushgach, oyog’i yurayotgan poyezd g’ildiraklari ostida qolib ketdi.

Ramosning oilasi esa sakkiz yashar bolani Mayamida noqonuniy yashovchi onasining oldiga jo’natish uchun odam tashuvchi guruhlarga 5000 dollar pul to’ladi. Bolaning xolasi Jamiletning aytishicha, shundan beri Ramosga nima bo’lganini hech kim bilmaydi.

“Ularni yolg’iz jo’natish qo’rqinchli, biz hozir buni boshimizdan o’tkazyapmiz. U yetib borganmi, yo’qmi yoki unga nima qilishgan, hech narsa bilmaymiz”, - deydi u.

Rikardoning onasi Inginiya Reyes Martinez, dastlab, o’g’lining boshiga tushgan falokat haqida eshitib dahshatga tushdi. Ammo hozir farzandining o’z yonida ekanidan ko’ngli biroz taskin topgan.

“Unga taslim bo’lma, deb aytaman. Tushkunlikka tushmasdan olg’a yurishda davom etishi kerak. Boshqalardek, avvalgidek hayot kechirishini istayman”, - deydi ona.

Rikardo boshqalarni o’zidan saboq olishga chaqiradi.

“Yo’l bunaqa bo’lgani uchun hech kimga borishni tavsiya qilmayman. Oson emas. Ular sizni poyezddan tushirib yuborishadi yoki chegarachilar orqangizdan quvadi. Safar oson emas”, - deydi u.

O’z hayotida chiqargan achchiq saboq asosida Rikardo Amerikaga borish bunday xavf-xatarga arzimasligini aytadi.

  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

XS
SM
MD
LG