Donald Tramp 20-yanvardan boshlab AQShning 45-prezidentiga aylanadi. Kapitoliy binosi oldida qasamyod keltirar ekan, butun dunyoning e'tibori unda bo'ladi. AQShda hokimiyat o'zgarishi tarixiy an'ana bo'lib, siyosiy o'zgarishlarning tinch yo'l bilan ro'y berishi ramziga aylangan.