Donald Tramp Kapitoliy ostonasida prezidentlik qasamyodini keltirayotgan bir mahalda Vashingtonning boshqa bir chekkasida vandalizm, tartibsizliklar…
Namoyishlar asosan tinch o’tgan. Ammo Trampning prezidentlikka saylanganidan norozi bir guruh fuqarolar shahar markazini ag’dar-to’ntar qilib, oynalarni sindirib, ayrim joylarda politsiya bilan to’qnashdi.
Qora kiyim kiyib olgan namoyishchilar “irqchilar bizdan qo’rqsin”, “Tramp mening prezidentim emas”, degan plakatlarni ko’tarib chiqdi. Anarxistlar ham ularga qo’shildi. Yuzdan oshiq odam hibsda.
To’polonchilarni tarqatish uchun politsiya ko’zni yoshlantiruvchi gaz qo’lladi.
Tramp bizning qarashlarimizni, Amerika jamiyatini aks ettirmaydi, deydi aksiya qatnashchilari.