Vashingtonda Prezident Donald Tramp inauguratsiyasidan bir kun o'tib, yuzlab ming xotin-qizlar namoyish qildi. Huquq faollari va nodavlat tashkilotlar vakillari poytaxt ko'chalarini to'ldirdi. Maqsad, deydi namoyishchilar, yangi rahbarga jinsiy tenglik va erkinlik hamda qonun ustuvorligini eslatib qo'yish.